» » Yevropa ittifoqi fuqarolarini hududiga kiritishi mumkin davlatlar ro‘yxatini yangiladi

Yevropa ittifoqi fuqarolarini hududiga kiritishi mumkin davlatlar ro‘yxatini yangiladi


Yevropa ittifoqining kengashi koronavirus pandemiyasi sharoitida 31-iyuldan boshlab rezidentlari hududiga kirishi mumkin xorij davlatlarining yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi.

Ro‘yxatga Avstraliya, Gruziya, Kanada, Marokash, Yangi Zelandiya, Ruanda, Tailand, Tunis, Janubiy Koreya va Yaponiya kirgan. Shuningdek, ro‘yxatda Xitoy ham qayd etilgan va agar mamlakat hukumati Yevroittifoq rezidentlari uchun chegaralarni ochsa, u holda xitoyliklarning Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlar hududiga kirishiga ruxsat berilishi mumkin.

YeI kengashi avval Andorra, Monako, San-Marino va Vatikan fuqarolariga ham ittifoqqa a’zo mamlakatlarda yurish huquqini bergandi va ushbu qaror o‘z kuchida qolgan.

Yevropa ittifoqi kengashi mazkur ro‘yxatni har ikki haftada qayta ko‘rib chiqib u yerdagi mamlakatlar nomini yangilab bormoqda. 31-iyulda 1-iyulda ro‘yxatga kirgan Jazoir, iyul o‘rtalarida esa Serbiya hamda Chernogoriya davlatlari ro‘yxatdan chiqarilgan.

O‘zbekiston, xuddi Rossiya kabi ushbu yangilangan ro‘yxatga kirmagan. 29-iyunda Euronews Yevroittifoq ro‘yxatining qoralama nusxasiga 54 ta mamlakat, jumladan, O‘zbekiston ham kiritilganini xabar qilgandi.

1-avgustdan boshlab Rossiya uchta mamlakat Buyuk Britaniya, Tanzaniya va Turkiya bilan aviaqatnovlarni tiklaydi. Mamlakat hukumati ushbu ro‘yxatni yanada kengaytirish va u yerga boshqa davlatlarni ham qo‘shish ustida ish olib bormoqda.

Rossiya xalqaro aviaqatnovlarni tiklaydigan davlatlar qatoriga Maldiv orollari, Birlashgan Arab Amirliklar, Janubiy Koreya va Vengriya ham kirishi kutilmoqda, biroq ushbu ma’lumot hozircha rasman tasdig‘ini topmagan.

2020-yil 9-iyulda Chernogoriya Jamoat sog‘liqni saqlash instituti COVID-19 cheklovlarisiz mamlakat hududiga kira oladigan xorij davlatlari fuqarolarining yangilangan ro‘yxatini e’lon qilgan va unga Belarus, Ukraina, Tojikiston, O‘zbekiston va Gruziya kiritilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют