» » Avstraliyada achinarli ahvoldagi noyob Ford Falcon 300 ming dollarga sotildi

Avstraliyada achinarli ahvoldagi noyob Ford Falcon 300 ming dollarga sotildi


Avstraliyada 1973-yilda ishlab chiqarilgan noyob Ford Falcon GT Hard Top kupesi sotuvga qo‘yildi. So‘nggi 30 yil davomida harakatsiz turgan avtomobil 300 ming dollarga baholangan, deb xabar beradi Motor.

O‘tgan davr mobaynida garajda saqlangan avtomobilning holati yaxshi emas. Ford Falcon kuzovining ayrim joylari zanglab ketgan va ko‘chib tushgan, kapot ostida ham korroziya o‘choqlari mavjud. Afsonaviy kupe saloni undan ham achinarli ahvolda. Avtomobilning pol qismi chirib ketgan, o‘rindiqlar qalin chang qatlami bilan qoplangan, qurilmalar paneli ajralib tushgan.

Shunga qaramay, achinarli ahvoldagi mashina egasining so‘zlariga ko‘ra, avtomobilning barcha detallari orginal. Bundan tashqari, kupega 1973-yil uchun noyob hisoblangan gidrokuchaytirilgan rul, konditsioner o‘rnatilgan va oynalari qoraytirilgan. Mazkur Ford Falcon GT Hard Top Avstraliyada ishlab chiqarilgan so‘nggi maxsus versiya hisoblanadi. Shundan so‘ng, mamlakatda ushbu modellar oddiy yo‘llar uchun juda xavfli deb topilgan.

Noyob maslkar kapoti ostidan 380 ot kuchi va 513 Nm aylanuvchi momentga ega 5,8 litrli V8 dvigateli o‘rin olgan. U to‘rt pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Model soatiga 100 kilometr tezlikka 6,5 soniyada erisha oladi, maksimal tezligi 230 km/soat. Odometrga ko‘ra, 47 yoshli Ford Falcon 100 ming kilometrdan ortiqroq yo‘l bosgan. Sotuvchining ta’kidlashicha, avtomobil dvigateli 1988-yildan beri ishlamaydi.

Avtomobil achinarli ahvolda bo‘lganiga qaramay, u auksionda 300 ming dollarga sotilgan. Xaridor o‘zining kimligi sir qolishini istagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют