» » Mikel Arteta “Arsenal”da 33 yildan beri hech bir murabbiy qayd eta olmagan natijaga erishdi

Mikel Arteta “Arsenal”da 33 yildan beri hech bir murabbiy qayd eta olmagan natijaga erishdi


“Arsenal” Angliya Kubogi finalida “Chelsi”ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:1).

Mikel Arteta “Arsenal” boshqaruvidagi ilk mavsumdayoq sovrin yutishga muvaffaq bo‘ldi.

Bunaqasi so‘nggi bor 1986/87-yilgi mavsumda Jorj Gremga nasib etgandi. Mutaxassis “Arsenal”da 9 yil davomida ishlagan va yettita sovringa ega chiqqan.

Gremdan so‘ng “Arsenal”da Styuart Hyuston, Bryus Riok, yana Styuart Hyuston, Pet Rays, Arsen Venger va Unai Emeri kabi bosh murabbiylar ishladi. Biroq ularning hech biri ilk mavsumdayoq sovringa ega chiqolmagandi.

Shuningdek, 38 yoshli Arteta so‘nggi 20 yil ichida Angliya Kubogini qo‘lga kiritgan eng yosh murabbiyga aylandi. 1999/2000-yilgi mavsumda Janluka Vialli 36 yoshida “Chelsi” bilan kubokni qo‘lga kiritgandi.

10 ta gol urilgan “Arsenal” va “Nyukasl” o‘rtasidagi uchrashuv yodingizdami? Qoyilmaqom gollar shousini tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 103) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют