» » “Barselona” YChLda g‘olib bo‘la olmasa Kike Setyenni iste’foga chiqaradi. Uning o‘rnini kim egallashi ma’lum

“Barselona” YChLda g‘olib bo‘la olmasa Kike Setyenni iste’foga chiqaradi. Uning o‘rnini kim egallashi ma’lum


“Tottenhem” klubining sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Daily Mail nashrining xabar qilishicha, “Barselona” ushbu yozda Kike Setyenni iste’foga chiqaradigan bo‘lsa, argentinalik mutaxassisni olib kelishi mumkin.

Katalonlar klubi prezidenti Xosep Bartomeuning Pochettino bilan munosabatlari a’lo darajada. Setyen ketadigan bo‘lsa, Maurisio “Barselona” bosh murabbiyi bo‘lishga asosiy da’vogarga aylanadi.

Ta’kidlanishicha, “Barselona” Yevropa Chempionlar Ligasi joriy mavsumida g‘alaba qozona olmasa, ispaniyalik mutaxassisga chiqish eshiklari ko‘rsatilishi mumkin.

Avvalroq Pochettino “Espanyol”da ishlagani sabab “Barselona” taklifini rad etgandi. Biroq “Espanyol” kelasi mavsum Segundada o‘ynaydi, shu sabab jamoalar La Ligada o‘zaro to‘qnash kelmaydi. “Barselona”ning Kataloniya derbisidagi raqibi “Espanyol” Pochettinoning futbolchilik faoliyatidagi so‘nggi jamoa bo‘lgan. Shuningdek, mutaxassis 2009—2012-yillar mobaynida jamoani boshqargan.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda Pochettino “Arsenal” yoki “Barselona”ga bosh murabbiy bo‘lishdan ko‘ra Argentinaga qaytib, fermada ishlashni ma’qul ko‘rishini aytgandi. Bir necha kun avval u o‘sha vaqtdagi so‘zlari orqali “Barselona”ga hurmatsizlik qilishni istamagani haqida gapirgandi.

Lionel Messining “Santyago Bernabeu”da “Real”ga urgan eng qoyilmaqom gollari (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют