» » Moskvada Lada 4x4 modeli g‘ildiraklar ustidagi uyga aylantirildi (foto)

Moskvada Lada 4x4 modeli g‘ildiraklar ustidagi uyga aylantirildi (foto)


“AvtoVAZ” mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi Moskvadagi Lux Form kompaniyasi Lada 4x4 (“VIS-2346”) bazasida yaratilgan avtouyni taqdim etdi. Mashinaning minimal narxi 22,4 ming dollarni, maksimal narxi — 29,4 ming dollarni tashkil etadi, deb xabar beradi Motor.

“Niva”ning uzunligi 4796 millimetrni, eni — 1746 millimetrni, balandligi esa — 2776 millimetrni tashkil etadi. Mashina ichidan bir o‘rindiqli divan, yig‘ma stol, rakovinaga ega oshxona, gaz plitasi va muzlatkich o‘rin olgan. Kechasi oshxona zonasi transformer-karavot hisobiga yotoqxonaga aylanadi.

Shuningdek, g‘ildiraklar ustidan uy ichidan dush, sanuzel, garderob, 220 voltli rozetka, USB razyom, besh litrli boyler, ichimlik suvi uchun 70 litrli, qo‘l yuvishga mo‘ljallangan suv uchun 40 litrli bochkalar o‘rnatilgan.

Avtouy “Niva”ning 83 ot kuchiga ega standart 1,7 litrli dvigateli yordamida harakatga keladi. U esa besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Avvalroq “UAZ” pikapi uch kishilik modulga ega avtouyga aylantirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Rossiyada “Buxanka” bazasida yaratilgan avtouy taqdim etildi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют