» » Andijon tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vafot etdi. U viloyatda koronavirusning ikkinchi qurboni hisoblanadi

Andijon tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vafot etdi. U viloyatda koronavirusning ikkinchi qurboni hisoblanadi


Andijon viloyatida koronavirusdan vafot etgan ikkinchi bemor Andijon tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i bo‘lgan. Bu haqda xabar bergan “Daryo” muxbirining yozishicha, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi marhumning koronavirusdan vafot etganini tasdiqlagan.

Andijonlik bemorning vafoti haqida xabar bergan Sog‘liqni saqlash vazirligi uning tibbiyot xodimi ekanligi haqida ma’lumot bermagan.

“Andijon tumanida yashagan 63 yoshli B.P. (erkak)da COVID-19’ tasdiqlangach, nafas yetishmovchiligi belgilari kuchaygan holatda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Unga COVID-19’ infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Vazirlik marhumning 2016-yil infarkt o‘tkazganini qo‘shimcha qilib, “bemor yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, so‘nggi kardioskleroz, gipertoniya, arterial gipertenziya, qandli diabet, diabetik angiopatiya va nefropatiya kabi hamroh xastaliklari bilan ham og‘rigan. Bemor o‘tkir nafas, yurak qon-tomir hamda poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan”, — degan.

“Daryo” muxbirining aniqlashtirishicha, marhum 2017-yildan buyon Andijon tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Baxtiyor Patidinov bo‘lgan. Shu boisdan ham uning vafoti munosabati bilan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rasmiy kanalida ta’ziya e’lon qilingan.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, 4-avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi 165 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 174 nafarni tashkil etmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan.

Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan.

31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, 3-avgust kuni Buxoro xalqaro aeroporti direktori Tohir Bahronov 61 yoshida vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 4-avgust kuni 746 kishida koronavirus aniqlandi. Yetti kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 39) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют