» » “Manchester Siti” — “Real”, “Yuventus” — “Lion” uchrashuvlarini boshqarib boradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi

“Manchester Siti” — “Real”, “Yuventus” — “Lion” uchrashuvlarini boshqarib boradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi


Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 final javob o‘yinlariga hakamlar tayinlandi. Bu haqda UEFA rasmiy saytida ma’lum qilindi.

“Manchester Siti” va “Real Madrid” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni Feliks Brix boshchiligidagi germaniyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Mark Borsh va Shtefan Lupp yordam beradi. To‘rtinchi hakam — Daniel Zibert.

“Yuventus” — “Lion” uchrashuvi esa yana bir nemis hakami Feliks Svayerga ishonib topshirildi. Assistentlar — Torsten Shiffner va Marko Axmyuller (ikkisi — Germaniya). To‘rtinchi hakam — Tasos Sidiropulos (Gretsiya).

Uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan 7-avgustdan 8-avgustga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.

Ilk uchrashuvda “Manchester Siti” mehmonda “Real”ni 2:1 hisobida yenggan. “Lion” esa o‘z uyida “Yuventus”dan minimal hisobda ustun kelgan — 1:0.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют