» » “Manchester Siti” 41 mln funtga niderlandiyalik himoyachini sotib oldi

“Manchester Siti” 41 mln funtga niderlandiyalik himoyachini sotib oldi


“Bornmut” himoyachisi Natan Ake faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettiradi. Bu haqda “shaharliklar” matbuot xizmati ma’lum qildi.

25 yoshli niderlandiyalik futbolchi “Manchester Siti” bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.

Sky Sports xabariga ko‘ra, ingliz klubi Ake transferiga 41 million funt sterling sarflagan.

Joriy mavsum Natan Premyer Ligada 29 ta o‘yin o‘tkazib, 2 gol va ikkita golli uzatma muallifiga aylandi.

Avvalroq “Manchester Siti” “Valensiya”dan Ferran Torresni sotib olgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют