» » Tramp immigratsiya haqidagi farmoni himoyasi yo‘lida Oliy sudgacha chiqishini ma’lum qildi

Tramp immigratsiya haqidagi farmoni himoyasi yo‘lida Oliy sudgacha chiqishini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp San-Fransisko okrug sudyasi Uilyam Orrikning immigratsiya haqidagi prezident farmonini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorini tanqid ostiga oldi. O‘zining Twitter’dagi sahifasida davlat rahbari ushbu masalani o‘z foydasiga hal qilish yo‘lida Oliy sudga qadar borishga tayyorligini bildirdi, deb xabar beradi “TASS”.

“Dastlab to‘qqizinchi okrug sudi taqiqqa (AQShga qator musulmon davlatlari fuqarolari kirishini taqiqlovchi me’yor) qarshi chiqdi, endi ular boshpana-shaharlar to‘g‘risidagi farmonga zarba berdi. Ikki qaror ham ahmoqonadir. Oliy sudda ko‘rishamiz”, — deyiladi AQSh rahbarining mikroblogida.

First the Ninth Circuit rules against the ban & now it hits again on sanctuary cities-both ridiculous rulings. See you in the Supreme Court!

— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) April 26, 2017

Tramp ma’muriyati tayyorlagan yangi farmonga ko‘ra, immigratsiya sohasidagi federal qonunchilikka rioya qilmaydigan munitsipalitetlarga grantlar taqdim etilishi cheklanadi. Bu farmon jamiyatda keskin munozaralarga sabab bo‘ldi. San-Fransisko sudi hujjatni bloklab qo‘yishga qaror qildi.

Опубликовано: admin (26-04-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют