» » Stipe Miochich Jon Jonsni jangga chorladi

Stipe Miochich Jon Jonsni jangga chorladi


UFC’ning og‘ir vazndagi chempioni Stipe Miochich Daniel Kormye bilan trilogiyani tugatganidan so‘ng yarim o‘rta vazn chempioni Jon Jons bilan jang qilishga va uni mag‘lub etishga tayyorligini ma’lum qildi.

“Ha, men tayyorman, lekin bu UFC’ga bog‘liq. Ular menga qarshi kimni chiqarishidan qat’i nazar jang qilishga tayyorman.

Ishonamanki, Jons bilan ajoyib jang o‘tkazamiz, g‘olib bo‘lishimga shubha qilmayapman. U boshqa vazn toifasidan, lekin unga qarshi kurasha olaman. Bilaman, bu men uchun yaxshi jang bo‘ladi va men uni mag‘lub etaman”, — deydi Miochich.

Eslatib o‘tamiz, Stipe Miochich va Daniyel Kormye o‘rtasidagi jang 15-avgust kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi va UFC 252 musobaqasining asosiy jangi bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Stipe Miochich MMA’dagi faoliyati davomida 22 ta jang o‘tkazib, ularning 19 tasida g‘alaba (15 tasi nokaut bilan) qozongan. 3 tasida esa imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Jon Jons esa professional faoliyati davomida 28 jang o‘tkazib, shularning 26 tasida g‘alaba qozongan. 1 bor imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, uning ishtirokidagi yana 1 ta jang natijasi bekor qilgan.

Mavzuga doir: UFC’ning yangilangan reytingi e’lon qilindi. Konorda pasayish, Petr Yan ilk bor top-15 likda

Jon Jons va Miochich ishtirokidagi janglarni tomosha qiling (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют