» » Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: Ayrim yo‘nalishlarda ijodiy imtihonlar bekor qilinishi bo‘yicha taklif kiritilgan

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: Ayrim yo‘nalishlarda ijodiy imtihonlar bekor qilinishi bo‘yicha taklif kiritilgan


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov test bilan bir vaqtda ijodiy imtihon olinadigan yo‘nalishlarda bu yil ijodiy imtihonlar bekor qilinishi mumkinligini bildirdi.

Bu haqda AOKA zalida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida aytib o‘tilgan.

“Xabaringiz bor, ijodiy imtihonlar 2 xil shakldagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Birinchi ta’lim yo‘nalishida test bilan bir vaqtda ijodiy imtihon o‘tkaziladigan va faqat kasbiy-ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari mavjud. Test va ijodiy imtihonlar birga o‘tkaziladigan yo‘nalishlar, masalan, jurnalistika ta’lim yo‘nalishi kabi 13 ta yo‘nalishlarda OTM rektorlari va tegishli idoralarning takliflariga asosan davlat komissiyasiga kiritilgan taklifda abituriyentni ikki marta ovora qilmaslik uchun ijodiy imtihon o‘rniga oldingi yili fanlar blokida bo‘lgan fanlardan faqat test olish taklifi kiritilgan. Masalan, jurnalistika ta’lim yo‘nalishida ona tili va xorijiy til bloki bo‘lgan bo‘lsa, bu yili faqatgina ana shu 2 fanni qoldirgan holda ijodiy imtihonni chiqarish taklifi kiritilgan”, — dedi Abduvali Xoliqov.

Ayni tartib bu yil istisno tariqasida 1 yil uchun joriy etiladi, oldingi yillarda testda mavjud bo‘lmagan begona fanlar kirib qolmasligi ta’kidlandi. Faqat kasbiy-ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlarda imtihonlarni o‘tkazish tartibi o‘zgarmaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют