» » Buxoro hokimi Karim Kamolovning vafot etgani to‘g‘risidagi xabar rad etildi

Buxoro hokimi Karim Kamolovning vafot etgani to‘g‘risidagi xabar rad etildi


Buxoro viloyati hokimi Karim Kamolovning vafot etgani to‘g‘risidagi xabar rad etildi. Bu haqda viloyat hokimi o‘rinbosari Farhod Umarov ishtirokidagi brifingda ma’lum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida viloyatda 7-avgust kuni jurnalist va blogerlar uchun matbuot brifingi tashkil etildi.

“Bunday shov-shuvlar o‘rinsiz. Hozirda viloyat rahbari Karim Kamolovning ahvoli yaxshi. Xavotirga o‘rin yo‘q. U yaqin kunlarda to‘liq tuzalib, o‘z faoliyatini davom ettiradi”, — dedi hokimi o‘rinbosari Farhod Umarov.

“Daryo” muxbirining yozishicha, 2020-yil 4-avgustdan boshlab viloyat aholisi o‘rtasida “Buxoro hokimi Toshkentdagi shifoxonada vafot etibdi. Ayni paytda sobiq viloyat rahbari O‘ktam Barnoyevning ham ahvoli o‘ta og‘ir ekan. Agar uning ham hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmasa, ikki mutasaddi jasadi bitta samolyot orqali Buxoroga keltirilar ekan” degan shov-shuvli xabarlar tarqalgan.

Viloyat hokimligi mas’ullari esa bu mazmundagi xabarlar 4-avgustdan boshlab tarqalgan bo‘lishiga qaramasdan, oradan uch kun o‘tgach bunga munosabat bildirgan. O‘tgan fursat davomidagi sukunat odamlarni vahima va xavotirga solishga ulgurgan.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolovda koronavirus tasdiqlangani sababli Toshkentdagi shifoxonada davolanishni boshlagan edi. Biroz o‘tib, hokimning poytaxtda davolanishi “Nega Karim Kamolov viloyatda emas, poytaxt shifoxonasida davolanyapti, bu holat viloyatdagi shifokor-mutaxassislarga ishonchsizlik emasmi?”, degan savolni o‘rtaga tashladi.

Buxoro hokimligi axborot xizmati esa amaldagi qonunchilikka ko‘ra viloyat hokimlari hukumat qoshidagi tibbiyot bosh boshqarmasi ro‘yxatida turib, zarur holatlarda tibbiy diagnostika qilish, davolash, umuman olganda, ularning salomatligini muhofaza qilish mazkur boshqarma zimmasida ekanini eslatdi.

“Shunga muvofiq ushbu tibbiyot bosh boshqarmasining talabiga ko‘ra, Karim Kamolov 29-iyul kuni davolash muolajalarini davom ettirish uchun Toshkent shahridagi klinikaga ko‘chirib o‘tkazildi. Viloyat hokimi o‘tgan 3 kun davomida malakali tibbiyot mutaxassislari tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqilgan standartlar asosida davolash kurslarini o‘tamoqda. Hozirda Karim Kamolovning ahvoli yaxshi. U yaqin kunlarda to‘liq tuzalib, o‘z faoliyatini davom ettiradi”, – deya xabar qilgan edi hokimlikning matbuot xizmati.

Karim Kamolovdan tashqari Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ham koronavirusga chalingani tasdiqlangan (Surxondaryo hokimi ham Toshkentda davolanmoqda). 31-iyulda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov vafot etgan, 30-iyulda uning ahvoli og‘ir deb baholangan va sun’iy nafas olish apparatiga ulangani aytilgandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-iyul kuni Yerniyazovning vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘llagan.

Navoiy viloyati hokimligi 31-iyul kuni viloyat rahbari Qobul Tursunov so‘nggi to‘rt kundan beri Toshkentda davolanishda ekani haqida xabar bergan, biroq uning aynan qaysi kasallikdan davolanayotganiga aniqlik kiritmagandi. Keyinchalik Tursunovning koronavirusga chalingani va Toshkent shahrida davolanayotgani ma’lum qilingan.

Shuningdek, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev, davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ham koronavirus infeksiyasidan davolanayotgani haqida xabar berilgan. 29-iyul kuni O‘zbekiston moliya vaziri o‘rinbosari Yorqin Tursunov koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgani ma’lum bo‘lgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют