» » Bollivud aktrisalari go‘zal ko‘rinish uchun qanday tabiiy vositalardan foydalanishini so‘zlab berdi

Bollivud aktrisalari go‘zal ko‘rinish uchun qanday tabiiy vositalardan foydalanishini so‘zlab berdi


Jilvakor sochlar, hech qanday kamchiliksiz tovlanuvchi teri, ayollik latofati – ular bunga qanday erishgan? Hind ayollari odatda go‘zalikka e’tibor qaratishni 25 yoki 30 ga kirmasdanoq boshlaydi. Shuningdek, kuchli dori-darmonlar va eng so‘nggi ishlab chiqarilgan mahsulotlardan ham foydalanmaydi. Ammo ular o‘zlarining tabiiy retseptlarini muntazam ravishda qo‘llab keladi.

Bollivud yuduzlari uchun tabiiy mahsulotdan bebaho narsa yo‘q. Kokos moyi, tuxum oqi, atirgul yaprog‘i, limon sharbati, shikakay (akatsiya urug‘i) – barchasi teri hamda soch uchun eng samarali mahsulotlarning minimal to‘plami hisoblanadi. Eng qizig‘i, mashhur hind aktrisalari hamda dunyo go‘zallari oddiygina uy sharoitida tayyorlangan niqobdan foydalanadi. Ularning maxsus niqob retseptlari bilan tanishib chiqing va o‘zingizda sinab ko‘ring!

Ayshvariya Ray

“Parvarish haqida ko‘p narsalarni buvim o‘rgatgan. O‘smirlik davrida umuman tashqi ko‘rinishga ega bo‘lmaganman, sababi menda yuz terisi juda yog‘li edi. Shunda buvim tvorog-limon niqobini tayyorlab bergan: bir osh qoshiq tvorogga bir osh qoshiq limon sharbati aralashtirilib, yuzga suriladi va 20 daqiqa davomida ushlab turiladi.

Keyinroq o‘zim ham boshqa retsept o‘ylab topdim: bir osh qoshiq xamirturushga yogurt, ichimlik sodasi va issiq suv aralashtiriladi. Ushbu niqob 15 daqiqaga yuzda qoldirilib, keyin yuviladi. Ushbu oddiy niqob yuzni ajoyib tarza tozalaydi va taranglikni saqlab qoladi”.

Amrita Arora

“Men 100 ml qatiq zardobi va 50 gr atirgul yaprog‘ini  yarim soat davomida qaynatib olaman. So‘ng xona haroratida biroz sovitiladi. Ajoyib tetiklashtiruvchi niqob shu tarzda tayyorlanadi.

Sochlarimni o‘stira boshlaganimda buvimning aytganlari esimga tushib qoldi: maydalangan shikakayni suv bilan aralashtirib, atala holiga kelgandan keyin har kuni ikki soat davomida ushbu niqobni soch ildizlariga surdim. Mana endi ular ikki baravar tezroq o‘syapti”.

Karina Kapur

“Men onamning asalli niqobini yaxshi ko‘raman: buning uchun ikki osh qoshiq asal, yarim stakan smetana va bir choy qoshiq maydalangan greypfrut mevasi kerak bo‘ladi. Bularning barchasi yaxshilab aralashtiriladi, tayyor bo‘lgan niqob yarim soat davomida yuzda qoldiriladi. Onamning asosiy siri – niqobni qora choy bilan yuvib, xona haroratida quritish kerak. Yuzingiz shunchaki ajoyib, mayin va oppoq holga keladi.

Soch uchun hech bir niqob kokos moyi kabi samara bermaydi. Men doimo uni bosh terisi va soch ildizlariga surtaman, so‘ngra yuvaman. Bor-yo‘g‘i shu”.

Priyanka Chopra

“Haftada bir marotaba yuzni uqalayman: sabzi sharbatiga asal aralashtirib, terining maxsus chiziqlari bo‘ylab surtib chiqaman. Peshonaning o‘rtasidan chakkalarga, burundan quloqqa, iyakdan yanoqlargacha uqalayman. Keyin yuzni yuvib, namlantiruvchi kremdan foydalanaman.

Agar o‘zimni xursand qilmoqchi bo‘lsam, nim daraxti yaproqlaridan vanna qabul qilaman. Onam ushbu vanna terini mustahkam va tetik qilishiga ishongan”.

Juhi Chavla

“Agar terimning silliq, ipakdek mayin va porloq bo‘lishini istasam, menga no‘xot uni va zarchavadan tayyorlangan niqob yordamga keladi. Ularni teng miqdorda aralashtirib, tish pastasi quyuqligida bo‘lgunicha sut bilan suyultiraman. Ushbu aralashmadan skrab sifatida foydalanaman. U bilan yuzni, hatto butun terini uqalasa ham bo‘ladi”.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют