» » “Paxtakor” OChL guruh bosqichidagi qolgan o‘yinlarini JCh—2022 uchun barpo etilgan stadionda o‘tkazadi

“Paxtakor” OChL guruh bosqichidagi qolgan o‘yinlarini JCh—2022 uchun barpo etilgan stadionda o‘tkazadi


Osiyo Chempionlar Ligasining 2020-yilgi mavsumi guruh bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar markazlashgan holda o‘tkaziladi. “Paxtakor” ishtirokidagi o‘yinlar Qatarda bo‘lib o‘tadi.

“Paxtakor” 14-sentabrdan restart oladigan musobaqa guruh bosqichidagi barcha uchrashuvni JCh—2022 musobaqasi uchun qurilgan “Al-Janub” stadionida o‘tkazadi, deya xabar qilmoqda klub matbuot xizmati. “Paxtakor” ishtirokidagi o‘yinlarning barchasi Toshkent vaqti bilan 23:00 da (mahalliy vaqt bilan 21:00) boshlanadi.

OChL

3-tur, 14-sentabr

“Al-Hilol” — “Paxtakor”

4-tur, 17-sentabr

“Paxtakor” — “Al-Hilol”

5-tur, 20-sentabr

“Shabob al-Ahli” — “Paxtakor”

6-tur, 23-sentabr

“Shahr Xodro” — “Paxtakor”

Mavzuga doir:

“Al-Janub” — futbol bo‘yicha 2022-yilgi Jahon Chempionati o‘yinlarini o‘zida qabul qiluvchi o‘yingohlardan biri. Stadion 2019-yilning may oyida qurib bitkazilgandi, sig‘imi 40 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. U yerda “Al-Vaqra” jamoasi uy o‘yinlarini o‘tkazadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют