» » Bayrutda portdagi portlash aybdorlarini jazolash talabi bilan minglab odamlar ko‘chaga chiqdi. Namoyishchilar to‘rtta vazirlik binosini egallab oldi

Bayrutda portdagi portlash aybdorlarini jazolash talabi bilan minglab odamlar ko‘chaga chiqdi. Namoyishchilar to‘rtta vazirlik binosini egallab oldi


Livan poytaxtidagi portda yuz bergan, kamida 158 kishining o‘limi va yana olti ming odamning tan jarohati olishiga sabab bo‘lgan portlashdan to‘rt kun o‘tib, 8-avgust kuni minglab aholi Bayrut ko‘chalariga norozilik namoyishiga chiqdi. Reuters’ning xabar berishicha, Bayrut markazidagi Shahidlar maydoniga yetti mingga yaqin odam to‘plangan. “Qiyomat kuni” shiori ostidagi namoyish ishtirokchilari yuqori martabali amaldorlarni jazolashni talab qilgan — namoyishchilarning fikricha, portdagi portlashga aynan ular aybdor, deb xabar bermoqda CNN.

A sea of people in #Beirut. Huge anger, largest participation in rioting that I’ve seen so far. pic.twitter.com/mJXUMgfiQX

— Timour Azhari (@timourazhari) August 8, 2020

#Beirut right now is ragging against the government after the port blast few days ago. pic.twitter.com/BEgeaSrDsf

— Asaad Hanna (@AsaadHannaa) August 8, 2020

Big crowds don’t look like they’re going anywhere for the time being #Beirut pic.twitter.com/0NCQFMMRwh

— Sharif Kouddous (@sharifkouddous) August 8, 2020

Namoyish vaqtida amaldagi hukmron tuzumni ag‘darishga chaqiriqlar bo‘lgan, shuningdek, yig‘ilgan “Inqilob!”, deb ham hayqirgan. Ramziy dorning o‘rnatilishi esa norozilik namoyishining kulminatsiyasiga aylangan — bu, namoyishchilarning fikricha, mas’uliyatsizligi va korrupsiyaga botgani portlashga olib kelgan amaldorlar uchun bir ogohlantirishdir. Namoyishchilar ko‘targan plakatlarda “Iste’fo yo dor!” deb yozilgan edi.

Namoyishchilardan biri Associated Press’ga bergan intervyusida bu dor “Livanda so‘nggi 30 yildan beri hokimiyat tepasida turgan” odamlarga mo‘ljallangan. Unda, jumladan, Livan prezidenti Mishel Aun va “Hizbulloh” harakati yetakchisi Hasan Nasrullohning suratlari “osildi”. CNN’ning qayd etishicha, ramziy dor bundan 100 yil avval Usmonli saltanati rasmiylari isyon ko‘targan livanliklarni osgan joyda qad rostlagan.

Protesters have hung nooses in #Beirut’s Martyrs Square that they say are for the politicians / government. The anger is palpable - many injured people here. Some are saying that they have prepared a “big surprise” for the authorities. Today is going to be a long one. pic.twitter.com/wN5Hgq5PF4

— Bel Trew (@Beltrew) August 8, 2020

Don't let resistance-propaganda accounts convince you that protests in #Beirut are partisan.

As you could see below, protesters are against both camps pic.twitter.com/9pPjI4O5xn

— Amaris (@HorLevnon) August 8, 2020

Ayrim namoyishchilar politsiyachilar va harbiylarga qarata tosh otgan, boshqalari esa to‘siqlarni buzib o‘tib, Livan parlamentiga bostirib kirishga uringan. Bunga javoban politsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan. Shundan so‘ng faollardan kimdir parlament yo‘lida turgan yuk mashinasini yoqib yuborgan. Livan “Qizil Hoch” tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, to‘qnashuvlar vaqtida kamida 700 kishi jabrlangan.Bayrutdagi namoyishlar vaqtida xavfsizlik kuchlari xodimlaridan biri halok bo‘lgan, yana bir necha nafari o‘qotar quroldan yaralangan.

“Get back get back their shooting”
“No problem, let them.” pic.twitter.com/gO5W72dVVP

— Timour Azhari (@timourazhari) August 8, 2020

Namoyishchilar va kuch ishlatar tuzilmalar xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlangach, norozilik aksiyasi ishtirokchilarining bir qismi 4-avgustdagi portlash vaqtida zarar ko‘rgan Livan Tashqi ishlar vazirligi binosiga bostirib kirgan. “Al-Jazira”ning xabar berishicha, namoyishchilarning bu guruhiga Livan armiyasining iste’fodagi zobitlari boshchilik qilgan. Namoyishchilardan biri egallab olingan bino “inqilob shtabi” ekanini megafon orqali e’lon qilgan. Namoyishchilar Livanning yana uchta — iqtisodiyot, energetika va atrof-muhit masalalari vazirliklari binolariga bostirib kirgan; shuningdek, Livan Banklari assotsiatsiyasi binosi ham egallangan. Shundan so‘ng shaharga qo‘shimcha harbiy kuchlar kiritilgan.

Protestors have taken over the #Lebanon economy ministry, throwing down a rain of documents and a picture of President Michel Aoun. A man next to me shouts “focus on the bills man, tear up my bills.” pic.twitter.com/RAHtyOyk6K

— Timour Azhari (@timourazhari) August 8, 2020

Bayrutda to‘qnashuvlar avjiga chiqayotgan bir vaqtda, Livan bosh vaziri Hasan Diab mamlakat aholisiga murojaat yo‘llagan (qayd etish joiz, ramziy dorda, jumladan, uning surati ham bor edi). U mamlakatda muddatidan avvalgi parlament saylovlari o‘tkazilsagina, Livan inqirozdan chiqa olishini ta’kidlagan. “Bizga yangi siyosiy elita va yangi parlament kerak”, — deb, bosh vazir muddatidan avvalgi saylovlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqishga va’da bergan. Shuningdek, Diab portdagi portlash bo‘yicha surishtiruv ishlari barcha aybdorlar aniqlanmagunicha davom etishini qo‘shimcha qilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют