» » Farg‘ona viloyatida mast holdagi 17 yoshli bola avtomashina olib qochib, YTHga uchradi

Farg‘ona viloyatida mast holdagi 17 yoshli bola avtomashina olib qochib, YTHga uchradi


Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida voyaga yetmagan bola mast holatda tanishining Lacetti rusumli avtomobilini olib qochib, YTHga uchradi, deb xabar bermoqda Tergov departamenti.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 03-avgust kunidan 04-avgust kuniga o‘tar kechasi 23 yoshli A.O. voyaga yetmagan tanishlari 17 yoshli A.T., 17 yoshli D.X. va 15 yoshli B.S. bilan birgalikda Beshariq tumanida joylashgan yashash xonadonida spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Keyinroq D.X. va B.S. ko‘chaga chiqib ketgan, A.T. esa xonadon egasi A.O.ni uxlab qolganligidan foydalanib, Lacetti rusumli avtomashinasini qo‘riqlov pulti orqali ochib, avtomashinani boshqarib, yaqin atrofda bo‘lgan B.S. va D.X.ni avtomashinaga chiqarib, qonunga xilof ravishda olib qochib ketgan.

So‘ng, A.T. spirtli ichimlik ta’sirida ushbu avtomashinada Beshariq tumani, Yakkatut qishlog‘i hududida harakatlanib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning chap tomonida bo‘lgan daraxtga urilib to‘xtagan.

Natijada A.T. B.S. va D.X. yengil tan jarohatlar olib, hodisa joyidan qochib ketgan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida Lacetti rusumli avtotransport vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. A.T. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 34) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют