» » O‘zbekistonda yana bir agentlik tashkil qilinishi mumkin

O‘zbekistonda yana bir agentlik tashkil qilinishi mumkin


“O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi huzuridagi avtomobil yo‘llari qo‘mitasining “Avtoyo‘linvest” agentligi tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasiga ko‘ra, respublika yo‘l jamg‘armasi negizida yo‘l xo‘jaligi sohasida xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ijrochi organ sifatida Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining “Avtoyo‘linvest” agentligi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Qaror loyihasida agentlikni respublika boshqaruv organi deb belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, loyihada agentlik markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsyenti 2,0 baravarga oshirgan holda qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan.

Agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan soni – 9 shtat birligidan iborat bo‘ladi.

Agentlik Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tasarrufidagi Respublika yo‘l jamg‘armasining mol-mulklari va imzolagan shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Qaror loyihasiga ko‘ra agentlikning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

yo‘l xo‘jaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan loyihalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kreditlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini aniqlash, ularning yillik, qisqa va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

loyihani ishlab chiqishda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish;

yo‘l xo‘jaligi sohasida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida kredit mablag‘larini jalb qilishda ishtirok etish;

tender savdolari natijasida g‘olib bo‘lgan pudrat tashkilotlar bilan tegishli shartnomalar rasmiylashtirilishini tashkil qilish;

loyihalarni amalga oshirish yuzasidan tizimli monitoring yuritish, shuningdek, pudratchi tashkilotlar tomonidan yo‘l xo‘jaligi sohasi normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini tahlil qilish, loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan muammolarni o‘z vakolati doirasida bartaraf etish choralarini ko‘rish;

tegishli vazirliklar va idoralar, shuningdek yo‘l xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirishda ishtirok etuvchi xalqaro tashkilotlar faoliyatiga ko‘maklashish;

investitsiya dasturi prognozlarini o‘z vaqtida ijrosini amalga oshirish hamda yakunlangan ishlarni belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilishni ta’minlash.

Qaror loyihasi muhokamasi 2020-yilning 22-avgustigacha davom etadi.

2020-yil 30-iyun kuni O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi yangi organ — Yoshlar ishlari agentligi tashkil etilgan.

23-iyul kuni esa “O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi tashkil qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют