» » Navoiyda eski oltin konidan 230 mln so‘mlik tarkibida oltin mavjud bo‘lgan toshlarni o‘g‘irlayotgan shaxslar qo‘lga tushdi

Navoiyda eski oltin konidan 230 mln so‘mlik tarkibida oltin mavjud bo‘lgan toshlarni o‘g‘irlayotgan shaxslar qo‘lga tushdi


Navoiy viloyatida eski kondan tarkibida oltin mavjud toshlarni o‘g‘irlagan ikki nafar shaxs Milliy gvardiya va IIB xodimlarining tezkor tadbirida qo‘lga olindi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Uchquduq tumanida joylashgan “Aygul-partiya” deb nomlangan eski oltin konidan tarkibida oltin zarralari bo‘lgan toshlarni noqonuniy yo‘l bilan qazib olgan Xatirchi tumanida yashovchi fuqarolar T.J. va Sh.M. qo‘lga olingan.

T.J. Ford mashinasida 17 ta qopga joylangan 1 264 kilogramm og‘irlikdagi tarkibida oltin zarralari bo‘lgan mayda toshlarni, Sh.M. esa boshqa bir Ford’da 33 ta qopga joylangan 1 654 kilogramm og‘irlikdagi toshlarni hududdan olib chiqib ketayotganida to‘xtatilgan. Ularga nisbatan xolislar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Tarkibida oltin zarralari bo‘lgan ushbu toshlar mutaxassislar tomonidan (1 grammi – 604 863,5 so‘m belgilangan narxda) tekshirib ko‘rilganda fuqaro T.J. tomonidan o‘zlashtirilgan 1,2 tonnadan ziyod og‘irlikdagi toshlardan 148 gramm (89 million so‘m) miqdordagi oltin moddasi borligi aniqlangan. Sh.M.dan olingan 1,6 tonnadan og‘ir toshlardan esa 234 gramm (141 million so‘m) miqdordagi oltin moddasi borligi ma’lum bo‘lgan.

Navoiy viloyati Uchquduq tumani IIB xodimlari holat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Avval 2020-yil 15-mayda Navoiy kon-metallurgiya kombinati hududidagi suv quvurlarini o‘g‘irlagan va korxonaga qariyb 200 million so‘m zarar yetkazgan shaxslar qamoqqa olingani, 24-mayda esa Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida joylashgan “Gazlineftqazibchiqarish” MChJga qarashli gaz quvuridan 20 tonnadan ziyod gazokondensat xomashyosini o‘g‘irlagan sakkiz nafar fuqaroning har biriga ikki yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют