» » Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi jang sanasi o‘zgardi

Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi jang sanasi o‘zgardi


Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasidagi sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jang sanasi o‘zgardi.

MMA Fighting jurnalisti Mayk Hekning yozishicha, Tayson — Roy Jons jangi 2020-yilning 28-noyabriga qoldirilgan. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, tashkilotchilar qo‘shimcha daromad ishlab olish maqsadida jang sanasini kechroq muddatga ko‘chirgan.

Avvalroq ushbu jang 12-sentabr kuni Los-Anjelesda o‘tkazilishi va 8 raunddan iborat bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Roy Jons professional boksda 75 ta jang o‘tkazib, 66 g‘alabaga (47 tasi nokaut) erishgan va to‘qqiz bor mag‘lub bo‘lgan.

Mayk Tayson esa professional boksda 58 ta jang o‘tkazib, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan. 44 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Oltita jangda mag‘lub bo‘lgan. Ikkita jangi esa hisoblanmagan.

Yil nokauti! Yarimog‘ir vazn toifasi vakili Jozef Jorj raqibi Markos Eskuderoni dahshatli nokautga uchratdi (video)

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют