» » Minskdagi norozilik namoyishlari vaqtida bir kishi halok bo‘ldi — uni “avtozak” bosib ketgan

Minskdagi norozilik namoyishlari vaqtida bir kishi halok bo‘ldi — uni “avtozak” bosib ketgan


10-avgustga o‘tar kechasi Minskda sodir bo‘lgan norozilik namoyishlari oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Vesna” inson huquqlari markazi rahbari Valentin Stefanovichga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Norozilik namoyishi ishtirokchisi aksiya qatnashchilari ustiga maxsus transport vositasining bostirib borishi oqibatida boshidan jarohat olgan. Shuningdek, yana uch kishi jarohatlangan.

Stefanovich marhumning ismi, yoshi va jinsi haqida ma’lumot bermagan. Telegram’dagi Nexta kanalining yozishicha, tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Yevgeniy Zaichkin ismli fuqaro halok bo‘lgan. Belarus IIV mazkur holatga izoh bermagan.

Avvalroq Belarus poytaxti Minskda prezidentlik saylovlaridan so‘ng, norozilik namoyishlari boshlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Aksiya ishtirokchilarining ayrimlari maxsus avtomobilni to‘xtatishga uringan. Ulardan biri mashinaning old bamperiga osilib olgan, haydovchi tezlikni oshirgach, u g‘ildiraklar ostida qolib ketgan.

Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Dastlabki rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, unda so‘nggi 26 yildan beri mamlakatga rahbarlik qilib kelgan Aleksandr Lukashenko 80 foiz ovoz bilan oldinda bormoqda. Ayni vaqtda, mustaqil ekzit-pol ma’lumotlari saylovda Lukashenkoning eng asosiy raqibi — Svetlana Tixanovskaya katta ustunlikka erishganini ko‘rsatmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 36) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют