» » Mahallamizdagi 350 dan ziyod oila birlashib, yuzlab xonadonni temir daftardan chiqarmoqchimiz norinlik limon yetishtiruvchi tadbirkor bilan suhbat

Mahallamizdagi 350 dan ziyod oila birlashib, yuzlab xonadonni temir daftardan chiqarmoqchimiz norinlik limon yetishtiruvchi tadbirkor bilan suhbat


Namangan viloyatida dehqonchilikning hadisini olib, yer bilan tillashadigan mirishkorlar talaygina. Ayniqsa, Toraqorgon, Namangan, Uychi va Norin tumanlaridagi xonadonlarning qay biriga kirmang, yilning tort faslida ham baravj osayotgan ekinlarga kozingiz tushadi. Daryo muxbiri viloyatga qilgan safari davomida tomorqasidan million-million daromad olayotgan xonadonlarning birida boldi.

Norin tumanining Boyovul mahallasidagi Mahmudovlar oilasini viloyatda kopchilik yaxshi taniydi. Rahmatli Valijon ota Mahmudov 20 yil avval tumanda birinchilardan bolib limon yetishtirishga qol urgan. U oila azolari bilan limon parvarishlash va kopaytirish sirlarini puxta ozlashtirib, tomorqasida korkam bog barpo etgan. Bugungi kunda otaxonning faoliyatini ogli Jasurbek Mahmudov davom ettirmoqda.

Biz limonchilikni 2000-yilda boshlaganmiz. Dastlab bir bosh qoramolni sotib, uning puliga 45 tup limon kochati xarid qilganmiz va 3 sotix yerga ekkanmiz. Oshanda 20 yashar osmir edim. Otam qiziqishi tufayli hovlining chetida tashkil etgan Botanika bogi otgan davr ichida yanada kengaydi. Hozirda 50 sotix maydonda limondan tashqari, apelsin, mandarin kabi bir qancha sitrus mevalarning turli navlarini kopaytirib parvarishlayapmiz.

Dadam joriy yilning may oyida 72 yoshida vafot etdi. Ularning ishi toxtab qolmasligi uchun onam boshchiligida limonchilikni yanada rivojlantirish harakatidamiz, dedi Jasurbek Mahmudov.

Mirishkorning takidlashicha, Valijon otaning tajribasini korgan mahalla-koydagilar ham limon ekishga astoydil qiziqib, mazkur mevani parvarishlar sirlarini organgan.

Limon yetishtirish u darajada qiyin ish emas. Suv va ogitlarni vaqtida berib, qarab tursangiz kifoya. Uch yilgacha kam hosil beradi, undan keyin daromad chogi mol boladi. Oilamiz misolida aytadigan bolsam, har yili mavsumda ortacha 200-250 million som foyda topamiz.

Limonchilik orqasidan kam bolmadik, shukr. Ota-onam biz farzandlarini uyli-joyli qildi, ozlari Haj ziyoratiga borishdi, zamonaviy avtomashinalar oldik. Farovon hayotimizga havas qilgan qoni-qoshnilar ham 2009-yildan limon ekishga bel boglashdi. Boshida ularga maslahatlar berib, komaklashdik. Hozirda mahallamizdagi 85 foiz xonadon oz tomorqasida limon parvarishlaydi. Kopchilik kochat yetishtirib, sotish bilan shugullanadi. Barchasi tadbirkorlik ortidan boyib, hayotini yaxshilamoqda. Boyovulda kambagallar juda ham oz, dedi tadbirkor.

Mahmudovlar xonadonida yetishtirilayotgan limon kochatlari Ozbekistonning onlab viloyatlarigacha yetib bormoqda. Jasurbek Mahmudov bu haqda soz yuritarkan, xususan, shunday dedi: Otam 2004-yili gibrid va mir navlarini ulab, yangi serhosil va zax yerlarga chidamli nav hosil qildi. Ushbu navni Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent va qoshni viloyatlardagi yuzlab xonadonlarga ham olib borib, ekamiz va agrotexnik maslahatlar berib kelamiz. Tushunmaganlarini telefon orqali sorashadi.

Bu nav juda talabgor bolib, katta daromad keltiradi. Noyabr oyida pishib, yetiladi va iyun, iyul oyigacha saqlash mumkin. 12-13 yil deganda bir tupi 170-200 kilogramm meva beradi. Avgust oyidan kok rangga kirganini uzib, sotish boshlanadi. Hozirda bir kilogramm limon narxi 20 ming som.

Suyagi mehnatda qotgan suhbatdoshimiz dadasidan organganlari va yillar davomida toplagan tajribasini ishsiz, tadbirkorlikka ishtiyoqi baland yoshlarga orgatish maqsadida bir qancha loyihalarga qol urgan.

Turonbank tomonidan mahallamizda oquv amaliyot markazi ochilish arafasida. U yerda temir daftarga tushgan oilalarning bandligi taminlanmagan farzandlari bepul oqitiladi. Ularga bir necha oy davomida limonchilik boyicha bilganlarimni orgatib, daromad topish yollarini korsatmoqchiman. Bundan tashqari, yigit-qizlarga eng kam ish haqining bir baravari miqdorida stipendiya berish ham kozda tutilgan.

Markaz oldida 3 sotix yer ham ajratildi. 1,5 sotixda kochat, qolgan qismida esa meva chiqarish boyicha oquvchilarga amaliy mashgulotlar otiladi. Malum bilimga ega bolganlarga bir sotixdan yer berilib, mustaqil faoliyat yuritishiga imkoniyat yaratiladi. Shu yol orqali tumanimizdagi temir daftarga tushgan oilalarni kambagallikdan qutqarishga oz hissamni qoshmoqchiman.

Tuman hokimligi tomonidan tadbirkorligimni kengaytirishim uchun ikki gektar yer berildi. Bir gektarda kochat chiqarsam, yana bir gektaridan hosil olaman. Shuningdek, hovlimizdagi 80-90 quti asalari sonini ham oshirmoqchiman. Asalarichilik ham odamni boy qiladi, yetti xazinaning biri, deydi mirishkor dehqon.

Boyovul mahalla fuqarolar yigini raisi Shohistaxon Rustamovaning aytishicha, MFYda 535 ta xonadon bor. Shundan 375 tasi oz tomorqasiga limon ekib, kochat va meva chiqarish orqali daromad topadi.

Hududimizdagi aksariyat oilalar tomorqadan unumli foydalanib, oilasi farovonligi, bozorlarimiz tokinligiga munosib hissa qoshmoqda. Limonchilar mahallasi, deya tanilgan Boyovulda limon ekib, parvarishlash boyicha oziga xos tajriba toplangan. Aholimiz qishin-yozin mehnatda. Mahallamizda tomorqa madaniyati yildan yilga yuksalib, oilalar daromadi oshmoqda.

Kam taminlangan, boquvchisini yoqotgan, imkoniyati cheklangan azolari bor 16 ta oila temir daftarga kiritilgan. Ulardagi 62 nafar fuqaroning ham hayotini farovon qilish borasida ishlar olib boryapmiz. 12 nafarining bandligi taminlandi. Uchta oilaga besh boshdan qoy, bitta xonadonga qoramol berildi. Bitta oila tomorqasiga issiqxona qurildi. Yil yakunigacha ularning hammasini temir daftardan chiqaramiz, dedi Shohistaxon Rustamova.

Mirolim ISAJONOV



Manba: Daryo.uz
: admin (10-08-2020, 21:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -