» » Oliy ta’lim vazirligi: Sirtqi ta’limga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun ham imtihonlar ham 2-sentabrdan boshlanadi

Oliy ta’lim vazirligi: Sirtqi ta’limga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun ham imtihonlar ham 2-sentabrdan boshlanadi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov AOKA shtabida tashkil qilingan matbuot anjumanida Oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar ham 2—14-sentabr kunlari test sinovlarida ishtirok etishini ma’lum qildi.

“Kunduzgi ta’lim yo‘nalishlarida qanday tartib bo‘lsa, ayni shu ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kechki va sirtqi shakllarda ham xuddi shunday tartib bo‘ladi. Ya’ni test bo‘ladiganlarida test, ijodiy imtihon bo‘ladiganlarida ijodiy imtihon.

Ijodiy imtihonlar vaqti OTMlar tomonidan belgilanib, ular haqidagi ma’lumotlar abituriyentlarga yetkaziladi.

DTM tomonidan belgilangan nizom bo‘yicha test boshlanishidan kamida 10 kun oldin ruxsatnomalar olish imkoniyati yaratiladi. Ruxsatnomada abituriyent qachon va qayerda test topshirishi haqidagi ma’lumotga ega bo‘ladi”, – degan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiysi.

Eslatib o‘tamiz, avval O‘zbekistonda ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabul qilish jarayoni 2020-yilning 10-avgustidan boshlanishi, oliy o‘quv yurtlariga kirish test sinovlari 2-sentabrdan boshlanib 14 kun davom etishi, bakalavr bosqichining 1, 2, 3, 4-bosqich talabalariga hozircha sentabr oyidan boshlab masofaviy ta’lim boshlanishi, shuningdek, O‘zbekistondagi OTMlarda 2020-yilda kontrakt miqdori o‘zgartirilmasligi haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 01:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют