» » O‘zbekiston afg‘onlararo inkluziv muzokaralar olib borish uchun 400 nafar “Tolibon” a’zosining ozod qilinishini olqishladi

O‘zbekiston afg‘onlararo inkluziv muzokaralar olib borish uchun 400 nafar “Tolibon” a’zosining ozod qilinishini olqishladi


O‘zbekiston afg‘onlararo inkluziv muzokaralar olib borish yo‘lidagi so‘nggi to‘siqni olishga xizmat qilgan 400 nafar “Tolibon” a’zosini ozod qilish to‘g‘risidagi Afg‘onistonning Maslahat Loya Jirg‘asi qarorini olqishlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

Bayonotga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni Dohada Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” harakati o‘rtasida muzokaralar jarayoni boshlanishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va afg‘on zaminida uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikka erishish yo‘lida tomonlar siyosiy iroda, konstruktiv yondashuv va murosaga tayyor ekanliklarini namoyish etishlariga umid bildiradi.

“O‘zbekiston Respublikasi tinchlik jarayonini ilgari surishda har jihatdan yordam ko‘rsatishda davom etadi va afg‘on xalqiga tinch kelajak va farovon davlat qurishda har tomonlama ko‘maklashishga qat’iyan tayyor ekanligini ma’lum qiladi”, — deyiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Avvalroq O‘zbekiston Afg‘oniston rahbarlarining inklyuziv muzokaralar jamoasini shakllantirish to‘g‘risidagi kelishuvini qo‘llab-quvvatlagandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 29-fevral kuni Qatar poytaxti Dohada AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod hamda “Tolibon” harakati yetakchisining o‘rinbosari, harakatning Qatardagi ofisi rahbari mulla Abdulla G‘ani Barodar kelishuv bitimini imzolagan edi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya ham ushbu tinchlik muzokaralarida ishtirok etgan. “Tolibon” harakati O‘zbekistonning Afg‘oniston mojarosini hal etishdagi sa’y-harakatlarini e’tirof etgandi.

2020-yilning mart oyida Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani asirga olingan “Tolibon” radikal harakati a’zolarini afv etish va ozod etish haqidagi farmonni imzolagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 03:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют