» » Rostov-Don shahridan vagonida 900 dan ortiq ozbekistonlik bolgan poyezd Toshkentga qarab yolga chiqdi

Rostov-Don shahridan vagonida 900 dan ortiq ozbekistonlik bolgan poyezd Toshkentga qarab yolga chiqdi


Rostov-Don shahrining Pervomayskaya stansiyasidan 10-avgust, dushanba kuni vagonida 918 nafar ozbekistonlikbolgan poyezdToshkentga qarab yolga chiqdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligixabar berdi.

Hozirda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Ozbekiston fuqarolarini vatanimizga tezroq qaytarish uchun Rossiyaning turli hududlaridan reyslarni kopaytirish, reyslar, jumladan, temiryol reyslarining yonalishi va turlarini kengaytirish masalasi korib chiqilmoqda, deyiladi TIV xabarida.

Kun.uzning Transport vazirligiga tayanib malum qilishicha,9-avgust kuni Rossiyaning Samara shahridan 925 nafar ozbekistonlik poyezdda Toshkentga olib kelingan.Xabarda aytilishicha, 13-avgustda yana 900 dan ortiqOzbekiston fuqarosi Rostovdan olib kelinishi kutilmoqda.

AvvalroqRossiyadan poyezdda olib kelingan 918 nafar ozbekistonlik Namangandagi karantin zonasiga joylashtirilgani togrisida malum qilingandi.

Mavzuga doir:Migrant bolish oson emas. Bu ashaddiy sinov Abdulaziz Komilov

Eslatib otamiz,Ozbekiston fuqarolari Qozogistonning koronavirus pandemiyasi tufayli davlat chegaralarini yopgani oqibatida vatanga qayta olmagan.AvvalroqRossiyaning Samara viloyatida qolib ketgan qariyb 500 nafar ozbekistonlik ortga qaytish uchun Qozogiston chegarasini kesib otishga uringani togrisidaxabar berilgandi. KeyinroqOrenburg viloyati rasmiylari Ozbekiston fuqarolari 6-avgust kuni chegarani kesib otishlari mumkinligi togrisidamalum qilgan.

Iyul ortalarida chegara yaqinidagi chodirlarda minglab ozbekistonliklarning qolib ketgani haqidaxabarlar berilgandi. Ular hampoyezd orqali vatangaqaytarilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (11-08-2020, 10:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
:
-
:
20 ... -