» » O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlarning salkam 21 foizi og‘ir ahvolda

O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlarning salkam 21 foizi og‘ir ahvolda


O‘zbekistonda 11-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 241 kishiga ko‘payib, jami kasallanish holatlari soni rasman 31 545 taga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining

qayd etilgan. Ushbu 241 ta holatning bari tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

11-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 22 992 kishi (jami kasallanganlarning 73 foizi) koronavirusdan sog‘aygan.

“Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 60 yoshli A.A. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 60 yoshli A.M. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi”, — deyiladi SSV axborotida. Shu tariqa, SSV hisobiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus asoratlaridan vafot etganlar soni 202 nafarga yetdi (“Daryo” hisobi bo‘yicha qurbonlar soni kamida 211 nafar).

“Hozirda mamlakatimizda 8 351 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1361 nafari og‘ir, 387 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda”, — deyiladi SSV axborotida. Ya’ni, ayni vaqtda davolanayotgan bemorlarning 1748 nafari — 20,9 foizi og‘ir ahvolda.

Taqqoslash uchun, 30-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 9 803 nafar bemor koronavirusdan davolanayotgan edi (bu shu vaqtgacha e’lon qilingan davolanayotganlar soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich), shundan 537 nafari — 5,4 foizi og‘ir ahvolda ekani aytilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 10-avgust kuni 695 kishida koronavirus aniqlandi. Olti bemor vafot etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют