» » Rossiyalik shifokorlar koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun O‘zbekistonga keladi

Rossiyalik shifokorlar koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun O‘zbekistonga keladi


Rossiyalik tibbiyot xodimlari guruhi O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun keladi. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash prezidiumi yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Izvestiya”.

“Biz xalqaro faoliyatimizni ham davom ettirmoqdamiz. Shuni ta’kidlab o‘tmoqchimanki, mutaxassislarimiz Qozog‘istondan o‘z vazifalarini bajarib qaytdi. Endilikda O‘zbekistonga jo‘natiladigan mutaxassislar guruhi tayyorlanmoqda”, – deb aytgan Murashko yig‘ilishda.

Iyul oxirida Murashko Rossiyada koronavirusga qarshi ishlab chiqilayotgan vaksinaning tarkibiga O‘zbekiston ham kiruvchi Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlariga yetkazilishi bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qilgan.

Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Oleg Gridnev 7-avgustda Rossiya koronavirusga qarshi vaksinani ro‘yxatga oladigan dunyodagi birinchi davlat bo‘lishini ma’lum qilgan. N.Gamaleya markazi tomonidan ishlab chiqilgan vaksina 12-avgustda ro‘yxatga olinishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining 11-avgust soat 10:00 bergan ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda jami 31 545 nafar odamda koronavirus aniqlangan. Bemorlarning 22 992 nafari sog‘aygan, 202 nafari esa vafot etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют