» » Misrdagi o‘zbekistonlik talabalar Qohira—Toshkent—Qohira charter reysida vatanga olib kelindi

Misrdagi o‘zbekistonlik talabalar Qohira—Toshkent—Qohira charter reysida vatanga olib kelindi


10-avgust kuni Qohira—Toshkent—Qohira yo‘nalishida tashkil etilgan charter reysi orqali Misr oliygohlarida ta’lim olayotgan talabalar O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, charter reysi orqali jami 164 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga qaytgan. Olib kelinganlar orasida 2 yoshgacha bo‘lgan 7 nafar go‘dak ham bor.

Shuningdek, xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun Respublika maxsus komissiyasi tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston Respublikasiga yo‘lovchi tashish bo‘yicha xalqaro aviatashuvlarni tashkil etish to‘g‘risida vaqtinchalik tartibiga asosan turoperatorlar va aviakompaniyalar tomonidan tashkil etilgan Moskva—Urganch yo‘nalishida tashkil etilgan maxsus charter reys orqali 162 nafar o‘zbekistonlik Xorazm viloyatiga olib kelingan.

Ushbu qatnov bilan kelgan barcha yo‘lovchilar 10 kunlik karantin davrini o‘tkazish uchun mehmonxonalarga joylashtirildi, deyiladi vazirlik axborotida.

Avval O‘zbekistonga keluvchi xorijiy sayyohlar oqimini oshirish maqsadida turoperator va aviatashuvchilarning O‘zbekistonga tashkil etgan charter reyslari har bir yo‘lovchi sonidan kelib chiqqan holda subsidiyalanishi xabar qilingan.

Shuningdek, 8-avgust kuni Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish uchun 2-avgustdan 16-avgust kunlari davomida amalga oshirilishi belgilangan charter reyslarining parvoz yo‘nalishiga qisman o‘zgartirish kiritilgan, Rossiyadan fuqarolarni olib kelish uchun tashkil etilgan charter reyslar yo‘nalishi Namangandan Toshkentga ko‘chirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют