» » Qamchiq dovonida haydovchining hushyorlikni yo‘qotishi oqibatida Cobalt yo‘ldan chiqib ketdi

Qamchiq dovonida haydovchining hushyorlikni yo‘qotishi oqibatida Cobalt yo‘ldan chiqib ketdi


Qamchiq dovonida 11-avgust kuni Cobalt haydovchisining hushyorlikni yo‘qotishi oqibatida avtomobil yo‘ldan chiqib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 11-avgust kuni soat 08:05 da Qamchiq dovonidan o‘tgan A-373 Toshkent—O‘sh avtomagistralining 206-kilometrida haydovchi harakat chog‘ida hushyorlikni butunlay yo‘qotishi oqibatida mashina ariqqa ag‘darilib ketgan. Avtomobil ichidagi fuqarolar omon qolgan.

Ziyon yetgan avtomobilga yordam ko‘rsatish uchun Qamchiq maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari va yo‘l-patrul xizmati, yo‘l bo‘limi xodimlari yetib kelib, ariq ichidan mashinani chiqarib olgan.

Avvalroq Buxoroda nosoz “Moskvich” ariqqa tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgandi. Jizzaxda Lada Largus hamda Isuzu yuk mashinasi ishtirokidagi YTH ikki yo‘lovchining umriga zomin bo‘lgandi. Sirdaryoda ikki Nexia to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 01:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют