» » Lotar Matteus: Messining bir o‘zi bu “Bavariya”ni yenga olmaydi

Lotar Matteus: Messining bir o‘zi bu “Bavariya”ni yenga olmaydi


“Bavariya” sobiq futbolchisi Lotar Matteus Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalidan o‘rin olgan “Barselona” — “Bavariya” uchrashuvi oldidan Lionel Messi va Robert Levandovski haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Messi dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga o‘zidan keyingi da’vogar — Robert Levandovskiga qarshi o‘ynaydi. Robert hozirda nafaqat eng yaxshi hujumchi, balki jahonning eng yaxshi o‘yinchisi ham.

Bugungi “Barselona” avvaligilari kabi emas. Albatta, ularda Messi bor. Bunday o‘yinchi har doim dohiyona ishlarni qilishi mumkin. Biroq bunday “Bavariya”ni yengish uchun uning bir o‘zi kamlik qiladi. Men “Barselona”dan qo‘rqmayman.

Lotar Matteus, sobiq futbolchi

“Barselona” va “Bavariya” jamoalari 14-avgust kuni chorak final bahsida o‘zaro to‘qnash keladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют