» » “Yuventus” va “Arsenal” o‘zaro futbolchi almashmoqchi

“Yuventus” va “Arsenal” o‘zaro futbolchi almashmoqchi


Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachi Duglas Kostani “Arsenal” hujumchisi Aleksander Lyakazettga almashtirmoqchi.

Jurnalist Tankredi Palmeriga ko‘ra, “keksa sinyora” ushbu ehtimoliy bitimda Artur va Miralem Pyanich transferida ishlatilgan sxemadan foydalanmoqchi.

Gap shundaki, Artur va Pyanichning transferi bir vaqtning o‘zida amalga oshirilgan bo‘lsa-da, bu odatiy futbolchi almashish emas, balki alohida xaridlar edi. Ushbu holatda o‘yinchini sotib olish xarajatlari bir necha yilga taqsimlanadi, ammo olingan foyda darhol klub hisobotida qayd etiladi. Misol uchun, Pyanichning nominal qiymati 13 million yevroni tashkil etgan, u esa 60 million yevroga sotildi, bu o‘z navbatida turinliklarning moliyaviy balansiga 47 million yevro qo‘shdi.

Ta’kidlanishicha, “Arsenal” “Yuventus”ning taklifini ko‘rib chiqmoqda, biroq Kostaning yuqori maoshi transferning amalga oshishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Avvalroq “Yuventus” Lyakazett transferiga yarim himoyachi Adriyen Rabyoni qo‘shishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgandi. 29 yoshli londonliklar hujumchisiga Turin klubidan tashqari, “Inter” va “Atletiko” ham qiziqish bildirgan.

Lyakazett 2019/20-yilgi mavsumda klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 39 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urdi va 7 ta golga hammualliflik qildi.

29 yoshli Duglas Kostaning hisobida esa 29 ta o‘yin, 3 ta gol va 7 ta assist bor.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют