» » Yuqori Chirchiqda o‘z akasini do‘pposlab, pichoqlagan shaxs qo‘lga olindi

Yuqori Chirchiqda o‘z akasini do‘pposlab, pichoqlagan shaxs qo‘lga olindi


Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida o‘z akasini kaltaklab, pichoqda tan jarohati yetkazgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIBB.

Qayd etilishicha, 2020-yil 4-iyul kuni Yuqori Chirchiq tumani “Fayzobod” mahallasida yashovchi 46 yoshli Z.D. shu mahallada yashovchi akasi 53 yoshli H.D. bilan akasining uyida suhbatlashib o‘tirib, o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik natijasida janjallashib qoladi. Janjal davomida Z.D. akasining turli joylariga qo‘li bilan urib, so‘ng oshxona pichog‘i bilan qo‘l sohasiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan.

Natijada H.D. olgan tan jarohatlari bilan tuman markaziy tibbiyot birlashmasiga davolanish uchun yotqizilgan.

O‘tkazilgan sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasida H.D.ning olgan tan jarohatlari og‘irlik darajasiga ko‘ra og‘ir tan jarohatlari toifasiga kirishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Z.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ehtiyot chorasi sifatida qamoq tanlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют