» » Rossiyaning Rostov viloyatidan 918 nafar o‘zbekistonlik poyezdda Toshkentga olib kelindi

Rossiyaning Rostov viloyatidan 918 nafar o‘zbekistonlik poyezdda Toshkentga olib kelindi


Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun Toshkent—Rostov-Don—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha temiryo‘l reysi tashkil qilindi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 10-avgust kuni Gnilovskaya—Toshkent yo‘nalishida harakatlanishni boshlagan poyezd 13-avgust kuni 918 nafar fuqaroni O‘zbekistonga olib keldi.

Olib kelingan fuqarolar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda karantin muddatini o‘tash uchun avtobuslarda Toshkent viloyatining maxsus karantin zonalariga yetkazildi.

Avvalroq Rossiyadan poyezdda olib kelingan 918 nafar o‘zbekistonlik Namangandagi karantin zonasiga joylashtirilgandi. Shuningdek, yana bir poyezd Samaradan Samarqandga o‘zbekistonliklarni olib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют