» » Britaniyalik ayol 3 yil avval vafot etgan eridan egizak farzandlarni dunyoga keltirdi

Britaniyalik ayol 3 yil avval vafot etgan eridan egizak farzandlarni dunyoga keltirdi


Britaniyaning Bristol shahrida yashovchi Lyusi Kelsoll uch yil oldin vafot etgan eridan egizak farzandlarni dunyoga keltirdi, deb yozadi Daily Mail.

Lyusi 2012-yilda Devid Kelsollga turmushga chiqqan. Ular farzandli bo‘lishni istagan, biroq barcha urinishlar besamar ketgan.

To‘ydan ikki yil o‘tgach, erkakka hiqildoq saratoni tashxisi qo‘yildi. Lyusi Devid vafot etgan taqdirda, sun’iy urug‘lantirish yo‘li bilan homilador bo‘lish orzusini amalga oshirishi uchun er-xotin embrionlarni muzlatishga qaror qilgan.

Uch yil oldin eri vafot etdi.

“O‘limidan bir necha kun avval unga farzandli bo‘lishimizni aytdim. Bu uni juda xursand qildi. U juda yaxshi ota bo‘lishni xohlardi“, — dedi 37 yoshli Lyusi.

Ikkinchi sun’iy urug‘lantirish urinishidan so‘ng ayol 2019-yilda egizaklarga homilador bo‘ldi. Lyusi Devid va Samuel ismli ikki sog‘lom o‘g‘ilni dunyoga keltirdi.

“Men har kuni farzandlarimga otalari haqida aytib beraman. Ular ham xuddi otasidek bo‘lishini xohlayman. Devid doim bizning yuragimizda qoladi”, — deb aytadi Lyusi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют