» » Toshkentda yuk mashinalarini bojxona tolovlarisiz olib kirishga urinishlar fosh etildi

Toshkentda yuk mashinalarini bojxona tolovlarisiz olib kirishga urinishlar fosh etildi


Prezidentning6-martdagi Yuk va yolovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga binoan, 2022-yil 1-yanvarga qadar ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshmagan, yuk tashish uchun moljallangan transport vositalari QQS va bojxona rasmiylashtiruvi yigimlaridan tashqari bojxona tolovlaridan ozod qilingan.

Bojxonachilar tomonidan aniqlangan navbatdagi holatlarda mazkur imtiyozni suiistemol qilishga bolgan urinishlarning oldi olindi, deya xabar bermoqda Davlat bojxona qomitasi axborot xizmati.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bolimi xodimlari tomonidan Chuqursoy tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida fuqaro N.B. nomiga xorijdan keltirilgan KIA Bongo 3 rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona korigidan otkazildi.

Natijada avtotransport vositasiningmuzlatgichliyukxonasi eski va umuman ishlamasligi, yoqilgi quyish baki yangi ornatilganligi, dvigatel va yoqilgi baki bir-biriga umuman ulanmaganligi, hujjatlarda avtotransport dizelda harakatlanishi korsatilgan bolsa-da, undagi dvigatel benzin va gazda harakatlanishi aniqlandi.

Bojxona korigi davomida malum bolishicha, fuqaro N.B. bojxona organlariga notogri malumotlarni taqdim etish orqali salkam 230 million somlik bojxona imtiyozlaridan foydalanishni kozlagan ekan.

Mazkur holat yuzasidan protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, avtotransport vositasi vaqtincha saqlovga olindi.

Shu kabi holat Qoraqalpogiston bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bolimi xodimlari tomonidan ham fosh etildi.

Tortkol tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida tumandagi masuliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan 3 ta Howorusumli yuk avtotransport vositalari ekspert-kriminalistika tekshiruvlaridan otkazilganida, ushbu yuk mashinalari hujjatlarda korsatilganidek, 2019-yilda emas, balki 20142015-yillarda ishlab chiqarilgani malum boldi.

Shu tariqa ortacha bozor narxi 1 milliard 345 million somni tashkil qiluvchi mazkur transport vositalarini bojxona tolovlarisiz olib kirishga bolgan urinishga chek qoyildi hamda ularga nisbatan salkam 650 million somlik bojxona tolovlari hisoblandi.

Holat yuzasidan fuqarolar N.U. va A.U.ganisbatan protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi.

Hozirgi kunda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (14-08-2020, 13:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
:
-
:
20 ... -