» » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalgan bemorlarga uning boshqa turlaridan himoyalanish tavsiya etildi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalgan bemorlarga uning boshqa turlaridan himoyalanish tavsiya etildi


Koronavirusdan tuzalib chiqqan bemorlar uning boshqa shtamm yoki turlarini yuqtirish ehtimoli bo‘ladi. Bu haqda AOKAda o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva tomonidan ma’lum qilingan.

“Kasallanib tuzalgandan so‘ng immunitet hosil bo‘ladi, bu aniq. Lekin bugungi kunda koronavirus kasalligi kundan kunga mutatsiyaga uchrashi kuzatilmoqda. Dunyo olimlari, bizning olimlarimiz, shifokorlar nazorati ostida kasallik turli xil ko‘rinishda kechmoqda. Koronavirus mutatsiyaga uchrab shtammining o‘zgarishi organizmda kasallikning kechirib o‘tkazilgan turiga nisbatan hosil bo‘lgan immunitet keyingi shtammga nisbatan kamroq bo‘lishi yoki himoyalanmagan bo‘lishi mumkin”, — deydi mutaxassis.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda antitana tahlili o‘tkazilib, aholining qancha qismida koronavirusga immunitet borligi aniqlanadi

Har bir kasallanib o‘tgan odamlardan doimiy ravishda niqob taqilishi va ijtimoiy masofani saqlash talab etilishi ta’kidlandi. Bu nafaqat koronavirusning bir shtammi yoki keyingi turiga, balki boshqa infeksiyalarni yuqtirishning oldi olinishida yordam beradi.

Shuningdek, shtab a’zosi dunyo olimlari taxminlarga asoslanib kuz va qish oylarida koronavirus mutatsiyaga uchrab o‘ta xavfli ko‘rinishda o‘tishi mumkinligini belgilab, ogohlantirib kelayotganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov koronavirus asoratlari haqida ma’lumot bergan. Unga ko‘ra, infeksiyaning og‘ir shakli bilan kasallangan bemorlarda tromboemboliya, tromboz, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi yoki o‘tkir koronar yetishmovchilik kabi o‘zgarishlar natijasida ba’zi bemorlarda o‘pka hayotiy sig‘imining 20-30 foizga kamayishi, alveolalar devorlarida biriktiruvchi to‘qimaning yuzaga kelishi tufayli kasallikdan so‘ng o‘pka fibrozi kuzatilishi mumkinligi, bu esa hansirash, surunkali kislorod yetishmovchiligiga olib kelishini aytgan. Bundan tashqari yurak-qon tomir tizimida, buyraklarda va asab tizimida ham patologik o‘zgarishlar yuzaga kelishi mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют