» » Vadim Abramov: Rahbariyat almashgani bilan “Bunyodkor”ning muammolari hal bo‘ladi deb o‘ylamayman

Vadim Abramov: Rahbariyat almashgani bilan “Bunyodkor”ning muammolari hal bo‘ladi deb o‘ylamayman


“Bunyodkor” bosh murabbiyi Vadim Abramov Coca-Cola Superliga 9-turi doirasida “Buxoro”ga qarshi o‘yindagi durangdan (1:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Noto‘g‘ri o‘ynaganda shunday bo‘ladi. Yuta olmaganimizga o‘zimiz aybdormiz. Birinchi bo‘limda barchasini hal qilish kerak edi. Ikkinchi bo‘limda yana noto‘g‘ri o‘ynadik va gol o‘tkazdik. “Buxoro”da deyarli vaziyatlar bo‘lmadi, bizning xatolardan keyin hujumlar uyushtirdi.

Balki rahbariyatda o‘zgarish bo‘lgani futbolchilarga salbiy ta’sir qilgandir. Bizda muammolar ko‘p, shu vaziyatda rahbar o‘zgardi. Shubhasiz bu u qadar yoqimli holat emas. Yangi rahbariyat kelgani bilan muammolar hal bo‘ladi deb o‘ylamayman. Bu borada nima deyishni ham bilmayman. Kelinglar futbol haqida gaplashaylik.

“Buxoro” bizdan yaxshiroq o‘ynamoqda va shu bois ketma-ket uch o‘yindan buyon durang qayd etilmoqda.

Vadim Abramov, “Bunyodkor” bosh murabbiyi

Mazkur o‘yindan so‘ng “Bunyodkor” ochkolarini 17 taga yetkazib oldi va 3-o‘ringa ko‘tarildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют