» » “Barselona” Kike Setyenni iste’foga chiqaradi. Uning o‘rnini Maurisio Pochettino egallashga yaqin turibdi

“Barselona” Kike Setyenni iste’foga chiqaradi. Uning o‘rnini Maurisio Pochettino egallashga yaqin turibdi


“Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu ushbu haftada “Tottenhem” va “Espanyol” klublari sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bilan birga tushlik qilgan.

Cadena Ser Catalunya jurnalisti Sike Rodrigesning yozishicha, mazkur uchrashuvda Kataloniya klubi sport direktori Erik Abidalning yordamchisi Ramon Planes ham ishtirok etgan.

Avvalroq “Barselona” jamoa bosh murabbiyligiga Xavi va Ronald Kuman bilan birgalikda Pochettino nomzodini ham ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.

Qayd etish joiz, katalon klubi Chempionlar Ligasi chorak finalida “Bavariya”ga yirik hisobda (2:8) mag‘lub bo‘lgach, Kike Setyenning bosh murabbiylikdan bo‘shatilishi ma’lum bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют