» » “Barselona” 2014-yildan beri ilk bor sovrinsiz qoldi

“Barselona” 2014-yildan beri ilk bor sovrinsiz qoldi


“Barselona” Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichida “Bavariya”ga mag‘lub bo‘lib, 2019/20-yilgi mavsumni sovrinsiz yakunlaydigan bo‘ldi.

Shu tariqa “Barselona” 2014-yildan beri ilk marta Chempionlar Ligasi, La Liga va Ispaniya Kubogidan bittasini ham qo‘lga kirita olmadi.

Kataloniyaliklar Ispaniya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, mamlakat Kubogida chorak final bosqichida “Atletik”ka mag‘lub bo‘ldi. Jamoa mavsumni Ernesto Valverde bilan boshlagandi, yanvarda esa uning o‘rnini Kike Setyen egalladi.

2013/14-yilgi mavsumda “Barselona” La Ligada ikkinchi o‘rinni egallagan, Chempionlar Ligasida chorak final bosqichiga qadar yetib kelgan. Ispaniya Kubogi finalida esa “Real”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют