» » Habib Nurmagomedov Mayk Tayson — Roy Jons jangi haqida: “Bu sportga bog‘liq emas, pulga bo‘lgan ehtiyojdan”

Habib Nurmagomedov Mayk Tayson — Roy Jons jangi haqida: “Bu sportga bog‘liq emas, pulga bo‘lgan ehtiyojdan”


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov sobiq bokschilar Mayk Tayson va Roy Jonsning sportga qaytishi borasida fikr bildirdi.

Bu sportga bog‘liq deb o‘ylamayman. Bu pulga bo‘lgan ehtiyojdan. Agar 53 yoshingizda 20 million dollar ishlab olishni taklif qilishsa, siz ham rozi bo‘lardingiz.

O‘ylashimcha, ular o‘z imkoniyatini biladi, 53 yoshda avvalgidek darajada jang qilolmasligini yaxshi tushunadi. Biroq ularda mashhurlik bor, ularni tomosha qilishni istaydiganlar bor. Hozirgi davr butkul boshqacha, hatto 2000-yillardan ham katta farq qiladi, odamlar pullik translyatsilarni sotib olmoqda, bu ko‘p narsani anglatadi.

O‘zim qaytgan bo‘larmidim? Balki, qandaydir maxsus loyihada... Bilmadim, oldindan bir narsa deya olmayman. Jastin Getji kabi “akulalar” bilan jang qilishi qiyin bo‘lardi, boshqalar bilan esa... Ko‘ramiz.

Habib Nurmagomedov, UFC chempioni

Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson ko‘rgazmali janglarda ishtirok etish uchun ringga qaytdi. Afsonaviy bokschi noyabrda Roy Jonsga qarshi jang qiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют