» » Lukashenko chet el vositachilari orqali muxolifat bilan muloqot otkazmasligini malum qildi

Lukashenko chet el vositachilari orqali muxolifat bilan muloqot otkazmasligini malum qildi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatdagi vaziyatni hal qilish uchun xorijiy vositachilar ishtirokida muloqot otkazmasligini aytdi, deya xabar bermoqda Belta.

Belarusga mamlakat uchun xorijiy hukumat tuzish taklif etildi. Eshiting, bizda konstitutsiya boyicha tuzilgan oddiy hukumat bor. Bizga hech qanday xorijiy hukumatlar va vositachilarning keragi yoq. Menimcha, ushbu respublikalar rahbariyatini xafa qilmasdan aytmoqchiman, siz oz mamlakatingizda tartib ornatasiz, dedi Lukashenko Belarus Mudofaa vazirligining strategik boshqaruv markazida bolib otgan yigilishda.

Lukashenko xorijda tuzilgan hukumat hech qachon mamlakatni boshqarmasligini aytib, vaziyatni ozlari hal qilishini malum qilgan.

Mamlakatda nimalar bolayotganidan men kabi xabardorsiz. Ular asta-sekin vaziyatni va jamiyatimizni ozgartirishni boshlamoqda yoki davom ettirmoqda. Biz mehnat jamoalariga murojaat qilishimiz kerak. Men bu haqda kop marotaba gapirganman. Shuni yana bir marta aytmoqchimanki, bundan hech narsa chiqmaydi. Mamlakatni hech kimga bermaymiz, dedi Lukashenko.

Avvalroq Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Belarusdagi vaziyatni muhokama qildi. Rahbarlar barcha muammolar tez orada hal qilinishiga ishonch bildirdi, shuningdek, ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qaror qilishganini malum qildi.

Shuningdek,iyul oyi oxirida Belarusda hibsga olingan Vagner xususiy harbiy kompaniyasining 32 nafar azosi Rossiyaga qaytarilgani xabar qilingan.

Belarus prezidenti saylovi kampaniyasi davomida amaldagi prezidentga raqobatchi bolgan nomzodlarga turli tazyiqlar va taqiblaruyushtirildi. Mamlakatda Aleksandr Lukashenkoning raqiblarini qollab-quvvatlash uchunmitinglar bolib otdi.

Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovibolib otdi.Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnikapaydo boldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida toplangan odamlarniqolga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlariochilmay qoldi. PoytaxtMinskda prezident saylovidan keyinnorozilik namoyishi boshlandi.

Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga kora, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,08foizovoz toplagan. Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya esa rasmiy malumotlarga kora, 10,09 foiz ovoz olgan.

Natijalar elon qilingach, Svetlana Tixanovskaya otkazilgan saylovlarda ozini golib deya hisoblashinimalum qildiva Lukashenkoga muzokaralar otkazishtaklifini berdi. Shuningdek, u saylovlarning natijasi yuzasidan Markaziy saylov komissiyasiganorozilik bildirdi.

Svetlana Tixanovskayaning shtabi10-avgust kuni kechasi u Belarus Markaziy saylov komissiyasiga borganidan song yoqolib qolganinibildirgan. Kechga yaqin Tixanovskaya aloqaga chiqqan, biroq qayerda ekanligini oshkor etmagan.Belarus Davlat xavfsizlik qomitasi Svetlana Tixanovskayaga uyushtirilgan suiqasdning oldi olinganinimalum qilgan.

11-avgust kuni Tixanovskaya Belarusdanchiqib ketganiva Litvada ekanligi malum boldi. Uning shtabi tomonidan malum qilinishicha, prezidentlikka nomzod bu ishni oz xohishi bilan qilmagan, balki shtab rahbari Mariya Morozning ozod etilishi evaziga hukumat bosimi ostida amalga oshirgan.

Shuningdek, 11-avgust kuni Tixanovskayaning videomurojaati elon qilingan. Unda Tixanovskaya ozining ketishi ogir qaror bolganini malum qilgan. Men duch kelgan bunday tanlovda qolishni Xudo korsatmasin, deganTixanovskaya.

Keyinroq Belarus hukumati tarafdori bolgan Telegram kanal Tixanovskayaning boshqa bir videomurojaatinielon qildi. Nomzod mazkur murojaatda kameraga qaramasdan, varaqdan oz tarafdorlariga qaratilgan va namoyishlarni toxtatish haqidagi chaqiruvni oqib bergan.

Hozirda Litva hukumati tomonidan Svetlana Tixanovskayagaboshpana va qoriqchilartaqdim etilgan.

Aleksandr Lukashenkodan tashqari, prezidentlikka nomzodlarning barchasi saylov natijalaridan noroziligini bildirib, mamlakat Markaziy saylov komissiyasigashikoyat kiritgan.

Belarusda 9-avgustdan buyonnorozilik namoyishlariva namoyishchilarniqollab-quvvatlashuchunchiqishlardavom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (15-08-2020, 21:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
:
-
:
20 ... -