» » Abdulaziz Komilov Yevroittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burianni qabul qildi

Abdulaziz Komilov Yevroittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burianni qabul qildi


O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burianni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat davomida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqining siyosiy, savdo iqtisodiy, investitsion va moliyaviy-texnik sohalardagi hamkorligi holati va rivojlantirish istiqbollari hamda ayrim mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida mintaqalararo Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo vazirlar uchrashuvini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi. 

Shunuingdek, bo‘lajak ikki tomon uchrashuvlar va hamkorlikdagi qo‘shma institutlar majlisining jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralarda Yevroittifoqning O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari, elchi Eduards Stiprays ishtirok etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-04-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют