» » Yevrokomissiya YeI mamlakatlari Minskga qarshi sanksiyalar qo‘llashga tayyor deb baholamoqda

Yevrokomissiya YeI mamlakatlari Minskga qarshi sanksiyalar qo‘llashga tayyor deb baholamoqda


Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining vazirlari Belarusga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar qo‘llashni bir ovozdan ma’qulladi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Twitter’dagi sahifasida e’lon qilgan.

“Tashqi ishlar vazirlarining bir ovozdan Belarusdagi mas’ullarga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar qo‘llashni ma’qullagani, yaxshi bo‘ldi”, — deb yozgan fon der Lyayen.

Shuningdek, u Yevroittifoq diplomatiyasiga rahbar Jozep Borrelning Twitter’da yozgan fikriga ham munosabat bildirgan.

Borrel Yevropa ittifoqining Belarus saylovlarida qayd etilgan natijaga qo‘shilmasligi haqida yozgandi.

“Ovozlarni qalbakilashtirish va mamlakatda fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik, kuch ishlatishga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan sanksiyalar belgilanadi”, — degan Borrel.

Avval Reuters agentligi YeI davlatlarining 27 nafar tashqi ishlar vaziri Belarusga sanksiya qo‘llashni kelishib olgani haqida xabar bergandi. Agentlik manbasiga ko‘ra, Bryussel “qora ro‘yxat”ga kiritiladigan Belarus rasmiylari haqida ma’lumot to‘plamoqda. Polsha tashqi ishlari vaziri Yatsek Chaputovichning aytishicha, hamkasblarining aksariyati ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan.

Belarusda prezident saylovlari 9-avgust kuni o‘tkazilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko 80 foizdan ko‘proq ovoz to‘plab, g‘alaba qozongan. Muxolifot vakili Svetlana Tixonovskaya esa MSK taqdim etgan natijalar bo‘yicha 10 foizdan ko‘proq ovoz olgan. Tixanovskaya shtabi ushbu natijalar haqqoniyligini inkor etmoqda va uchastkalarda 70-80 foiz ovoz muxolifot vakiliga berilganini ta’kidlamoqda.

Mavzuga doir: Ko‘chadagi Belarus. Namoyishlarning 6-kuni dayjesti

Saylovlardan keyin minglab belarusliklar ko‘chalarga chiqib, hukumatga norozilik bildirdi, militsiya va kuchishlatar tizimlarning xodimlari fuqarolarni ayovsiz kaltaklamoqda. Belarus IIV ma’lumoti bo‘yicha 6700 nafar kishi hibsga olingan. Sog‘liqni saqlash vazirligi 250 nafardan ko‘proq odam kasalxonalarga tushganini xabar qilgan. Lukashenko boshqaruviga nisbatan norozilik bildirayotganlar safiga sanoat korxonalarida ishlaydigan ishchilar ham qo‘shilgan va ular ish tashlash e’lon qilish bilan tahdid qilmoqda.

Ovoz berish bo‘yicha dastlabki rasmiy ma’lumotlar e’lon qilinganidan keyin Svetlana Tixanovskaya o‘tkazilgan saylovlarda o‘zini g‘olib deya hisoblashini ma’lum qildi va Lukashenkoga muzokaralar o‘tkazish taklifini berdi. Shuningdek, u saylovlarning natijasi yuzasidan Markaziy saylov komissiyasiga norozilik bildirdi.

11-avgust kuni Tixanovskaya Belarusdan chiqib ketgani va Litvada ekanligi ma’lum bo‘ldi. Uning shtabi tomonidan ma’lum qilinishicha, prezidentlikka nomzod bu ishni o‘z xohishi bilan qilmagan, balki shtab rahbari Mariya Morozning ozod etilishi evaziga hukumat bosimi ostida amalga oshirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют