» » Isroil Madrimov: “Mendan nokautni o‘g‘irlashdi”

Isroil Madrimov: “Mendan nokautni o‘g‘irlashdi”


Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik Isroil Madrimov (6-0, 5 KO) Toshkent vaqti bilan 16-avgust tongida 37 yoshli Erik Uokerga (20-3, 9 KO) qarshi ringga ko‘tarildi va raqibini ochkolar evaziga mag‘lub etdi.

Isroil Madrimov raqibini nokautga uchratgandi. Biroq hakam buni hisoblamadi (video)

Isroil Madrimov to‘qnashuvdan so‘ng fikrlari bilan bo‘lishdi.

Jang shunday qiyin kechishi haqida o‘ylagandik. Shunday ham bo‘ldi. Ringdagi hakam bir nechta nokdaunlarni hisobga olmadi. Mendan nokautni o‘g‘irlashdi. Ushbu g‘alabamni yaqindagina tavallud ayyomini nishonlagan onamga bag‘ishlayman. Barcha muxlislarga rahmat. Hammangizni yaxshi ko‘raman va hurmat qilaman.

Ushbu jangga tayyorgarlik ko‘rish uchun atigi uch haftaga ega edim. Ha, jang o‘rtalarida charchab qoldim. Ammo oilam, vatanim, muxlislarim uchun o‘zimga kela oldim.

Isroil Madrimov, professional bokschi

Isroil Madrimov Uokerga qarshi yakuniy eliminator jangidagi g‘alabasi orqali WBA Jahon chempionlik kamari uchun majburiy da’vogarga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют