» » Koronavirusga qarshi shtab a’zosi koronavirus kimlarga yuqmasligi va kasallanmaganlar undan qanday saqlanishi bo‘yicha izoh berdi

Koronavirusga qarshi shtab a’zosi koronavirus kimlarga yuqmasligi va kasallanmaganlar undan qanday saqlanishi bo‘yicha izoh berdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan koronavirusga hamma chalinishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Bu haqda 16-iyul kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Shuhrat Boymurodov aytib o‘tdi.

Professor Shuhrat Boymurodovning ma’lum qilishicha, JSST tomonidan bu kasallikka hamma chalinishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

“Bugungi kundagi holatga to‘xtaladigan bo‘lsak, niqob taqib yurish va ijtimoiy masofa saqlash hamda imkon qadar o‘zini alohidalaganlarga yuqish ehtimoli pasayadi yoki virus organizmga tushishi kamayadi”, – dedi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Boymurodov.

Uning alohida ta’kidlashicha, koronavirus odamlar bilan muloqotni cheklagan insonlarga yuqmasligi mumkin: “Lekin vaqt o‘tib, har bir inson hayoti davomida bu infeksiya bilan baribir to‘qnashadi va shu davrda koronavirusning kasallik chaqirish qobiliyati kamaygan bo‘lsa, yengil kechiradi”.

Avvalroq O‘zbekiston koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda 58-o‘ringa chiqib olgani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekistonda esa SSV ma’lumotlari bo‘yicha, koronavirusga chalingan 34 528 kishidan 29 328 nafari (85 foizi) sog‘aygan. 4975 nafar (14,4 foiz) bemor davolanayotgan bo‘lsa, 225 kishi (0,6 foiz) vafot etgan.

Dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni hozirda 21,24 milliondan ortiq. Ro‘yxatning dastlabki uchligida borayotgan AQSH (5,31 million bemor), Braziliya (3,27 million) va Hindiston (2,52 million) hisobiga dunyodagi barcha kasallanish holatlarining 52 foizi to‘g‘ri kelmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda 15-avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 34 528 nafarga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют