» » Lukashenkoning atrofidagi odamlar Kreml bilan gaplashib, Rossiyaga qochib ketish imkoniyatini muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

Lukashenkoning atrofidagi odamlar Kreml bilan gaplashib, Rossiyaga qochib ketish imkoniyatini muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko atrofidagi ayrim odamlar “Kremldagi aloqalari” bilan bog‘lanib, mamlakatda hukumat to‘ntarishi sodir bo‘lsa, Rossiyaga qochib chiqish imkoniyatini muhokama qilgan. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘zining Moskvadagi ikkita manbasiga tayanib ma’lum qildi.

Lukashenkoning o‘zi 14-avgust kuni mamlakatni tark etishi mumkinligi to‘g‘risidagi taxminlarni rad etgan. “Men hozircha tirikman va xorijda emasman, ayrim hurmatli ‘aqllilar’ prezident mamlakat tark etib, xorijda yuribdi, degan gap-so‘z tarqatmoqda”, — deydi u Minskda o‘tkazilgan yig‘ilishda.

15-avgust kuni Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashgan. Kremlning ma’lum qilishicha, prezidentlar Belarusda yuzaga kelgan muammolar tez orada bartaraf etilishiga umid bildirib, ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash niyatlarini tasdiqlaganlar.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘ldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi. Shundan buyon mamlakatda norozilik namoyishlari va namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishlar davom etmoqda.

Aleksandr Lukashenkodan tashqari, prezidentlikka nomzodlarning barchasi saylov natijalaridan noroziligini bildirib, mamlakat Markaziy saylov komissiyasiga shikoyat kiritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют