» » Koronavirusga qarshi kurashda yordam beruvchi rossiyalik shifokorlar guruhi O‘zbekistonga yetib keldi (foto)

Koronavirusga qarshi kurashda yordam beruvchi rossiyalik shifokorlar guruhi O‘zbekistonga yetib keldi (foto)


SSV Rossiyaning nufuzli tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislardan iborat nufuzli tibbiy guruhining Toshkent xalqaro aeroportida kutib olinganini ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra reanimatolog, pulmonolog, infeksionist, virusolog, kardiolog, endokrinolog kabi mutaxassislar bir oy davomida koronavirusga chalinganlarni davolash muassasalarida o‘zbekistonlik shifokorlar bilan hamkorlikda ish olib boradi.

Rossiyalik mutaxassislar Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti, Viruslogiya ilmiy tekshirish instituti klinikalarida, Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida, shuningdek, qator viloyatlardagi shu sohaga ixtisoslashgan shifoxonalarda faoliyat ko‘rsatishi kutilmoqda.

Avval  Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash prezidiumi yig‘ilishida Rossiyalik tibbiyot xodimlari guruhi O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun kelishi haqida gapirgandi. Keyinchalik koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun 40 nafar rossiyalik shifokor 16-avgust kuni Toshkentga yetib kelishi haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют