» » Uzbekistan Airways sentabrga qadar xalqaro qatnovlarni bekor qildi

Uzbekistan Airways sentabrga qadar xalqaro qatnovlarni bekor qildi


Uzbekistan Airways 16-avgustdan 31-avgustgacha xalqaro qatnovlarning va mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam parvozlarning bir qismi majburiy bekor qilingani to‘g‘risida xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, parvozlar amalga oshiriladigan mamlakatlar va O‘zbekistonning ma’muriy markazlaridagi epidemiologik cheklovlarni hisobga olgan holda xalqaro va mahalliy qatnovlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi.

Aviakompaniyaning veb-sayti orqali yoki Uzbekistan Airways Sales filialining kassasida AJning 2020-yil avgust oyidagi bekor qilingan qatnovlariga aviachiptalarni sotib olgan yo‘lovchilarga to‘lov shakliga muvofiq pul mablag‘larini vaucher shaklida olish yoki 2020-yil 1-sentabridan boshlab rejalashtirilgan AJ qatnovlariga bir martalik qayta bronlash imkoniyati taqdim etiladi.

Uzbekistan Airways AJning xorijdagi sotuvlar ofisida yoki aviakompaniyaning O‘zbekiston va xorijdagi aviatashuvlar sotuvi bo‘yicha agentlaridan aviachiptalarni sotib olgan yo‘lovchilar, pul mablag‘larini vaucher shaklida olish yoki uchish sanasini 2020-yil 1-sentabridan boshlab rejalashtirilgan AJ qatnovlariga qayta bronlash uchun aviachipta sotib olingan joyga murojaat qilishlari kerak.

Bekor qilingan qatnovlarga aviachiptalar sanasini boshqa sanaga qayta bronlash yo‘lovchilar tomonidan qo‘shimcha to‘lovlarsiz amalga oshirilishiga e’tibor berish so‘ralgan.

“Aviakompaniya Call-markaziga ko‘plab qo‘ng‘iroqlar kelib tushayotganligi sababli xizmatni kutish vaqti sezilarli darajada oshdi. Shu munosabat bilan yo‘lovchilardan qatnovlar bekor qilinishi bilan bog‘liq qo‘ng‘iroqlar bilan Call-markazga murojaat qilmasliklarini iltimos qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 17-avgustdan 30-avgustga qadar amalga oshiriladigan navbatdagi charter reyslarning jadvali tasdiqlangan edi. Unga ko‘ra, ushbu muddat oralig‘ida 23 ta reys orqali xorijdagi fuqarolar evakuatsiya qilinadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют