» » TTA professori: Nikotinli aralashmalar tamaki va alkogolga qaraganda ancha xavfli, hatto o‘limga sabab bo‘lishi mumkin

TTA professori: Nikotinli aralashmalar tamaki va alkogolga qaraganda ancha xavfli, hatto o‘limga sabab bo‘lishi mumkin


Tarkibida nikotini bor chaynaluvchi aralashmalarda sigaret chekkanda paydo bo‘ladigan hid yo‘q, shu bois bunday vositalar maktab o‘quvchilarini — zararli odatlarni yashirishda qulayligi uchun — o‘ziga jalb qiladi. Bu haqda fikr bildirarkan, Toshkent tibbiyot akademiyasi kafedra mudiri, Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika shtab a’zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor Nargiza Nurillayeva nikotinli chaynaluvchi aralashmalar va snyuslarning zarari, bunday moddalarning haddan tashqari ko‘p dozasi oqibatlari va ota-onalar uni farzandlarida qanday tashqi belgilar orqali aniqlashi mumkinligini tushuntirdi.

“So‘nggi vaqtlarda ommaviy axborot vositalarida ota-onalarning farzandlari aytayotgan ‘hozir tarkibida nikotini bor chaynaluvchi aralashmalaridan foydalanish juda urfda’ ekani haqidagi gaplarini tez-tez uchratyapmiz. Bolalar odatda ularni — saqichmi, konfetmi — farqiga ham bormay iste’mol qilyapti”, — deydi professor Nurillayeva. Ta’kidlanishicha, bunday vositalar go‘yo zararsiz ko‘rinadigan kichkina qopchalarda — maydalangan tamaki barglari, aromatizatorlar va kimyoviy moddalar aralashmasidan tarkib topadi. To‘g‘ri ma’noda aytganda ham zahar bo‘lgan bu mahsulotni qadoqlashning boshqa turlari ham bor — ular tabletka, konfet, marmelad va hatto tish tozalagichlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

“Nikotinning katta dozasi og‘iz shilliq qavatidan tanamizning tabiiy filtri — jigarni chetlab o‘tib, miyaga to‘g‘ri yetib boradi va uni zararlaydi, buni tushunish kerak. Shundan kelib chiqib, biz ushbu mahsulotlarni iste’mol qiladigan bolalarda qanday poliorgan yetishmovchiligi borligi haqida ma’lumotlar olishimiz mumkin. Asosan, bolalar tomonidan ushbu mahsulotlarni iste’mol qilish muammosi tegishli mutaxassislarning aralashuvini talab qiladigan psixologik muammo sanaladi. Bunda narkologlar, psixologlar yoki psixonevrologlar yordamiga ehtiyoj seziladi”, — deydi Nurillayeva.

Professorning alohida qayd etishicha, bunday mahsulotlardagi nikotin dozasi o‘limga olib keladigan darajada bo‘ladi. “Uning oqibatida nomaqbul harakatlar boshlanadi — bola nazorat qilib bo‘lmaydigan, tajovuzkor bo‘lib qoladi, ota-onalarga, o‘qituvchilarga baqirishi va nazoratsiz xatti-harakatlar qilishi mumkin. Unda tajovuzkorlik kuchayadi, agressiya paydo bo‘ladi, salga jizg‘anak bo‘laverish ko‘payadi; beparvolik, jismoniy kuch va chidamlilikning pasayadi; ishtahaning yo‘qolishi, bosh og‘rig‘i, tomoq og‘rig‘i, yo‘tal; uyqusizlik va shu bilan birga o‘zgaruvchan kayfiyatni yuzaga keltiradi”, — deydi u.

Professor Nargiza Nurillayeva qo‘shimcha qilishicha, nikotinli snyus tamaki va hatto alkogolga qaraganda ancha xavfli. “Uning bitta dozasidagi nikotin miqdori 20 dan 60 mg gacha bo‘lishi mumkin. Taqqoslash uchun: bir quti sigaret tarkibida 20 mg nikotin mavjud. Bundan tashqari, snyuslarda tarkibida 28 ta ma’lum kanserogenlar mavjud, ularning tarkibi ruxsat etilgan me’yorlardan 100 baravar ko‘pdir”, — deydi mutaxassis.

Mavzuga doir: Amerikalik olimlar qizdirilgan tamakining zararsizligi haqidagi fikrlarni rad etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют