» » Minskdagi zavod ishchilari Lukashenkoni “Ket!” deya kutib oldi. Lukashenko: “Ket deb baqiraveringlar”, dedi va ketdi

Minskdagi zavod ishchilari Lukashenkoni “Ket!” deya kutib oldi. Lukashenko: “Ket deb baqiraveringlar”, dedi va ketdi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 17-avgust kuni tongda Minskdagi G‘ildirakli shatakchilar zavodi (MZKT) ishchilari oldida chiqish qildi. Korxona xodimlari prezidentni “Ket!” va “Qo‘yib yubor!” deya hayqirib kutib oldi. Buni Belarus muxolifatining Nexta Live Telegram-kanalida ko‘rish mumkin.

“Rahmat, — dedi Lukashenko, korxona ishchilari oldida ikkita harbiy shatakchining ustida turarkan. — Bu savolingizga ham javob beraman: yana baqirishingiz mumkin”.

Meduza’ning yozishicha, Lukashenko zavodga vertolyotda uchib kelgan. “Tut.by”ning xabar berishicha, dastlab Belarus prezidenti korxona sexlarining birida maxsus saralab olingan odamlar oldida chiqish qilgan. Bu vaqtda boshqa ishchilar Lukashenkoni tashqarida, boshqa bir maydonchada kutib turgan.

Zavod xodimlari bilan muloqot vaqtida Lukashenko Belarusda hokimiyat vakolatlarini qayta taqsimlashni nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy o‘zgarishlar ustida ish olib borilayotganini aytgan. Lukashenkoning ta’kidlashicha, u prezidentlik vakolatlari bilan bo‘lishishga tayyor, faqat bu “bosim ostida va ko‘cha orqali” bo‘lmasligi kerak.

Lukashenkoning ma’lum qilishicha, Belarusda yangi prezident saylovi o‘tkazilmaydi. “Meni o‘ldirmaguningizgacha, yangi saylovlar bo‘lmaydi”, — deya Lukashenkoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “Tut.by”.

Aleksandr Lukashenkoning MZKTdagi chiqishi oldidan boshqa sanoat korxonalarining ishchilari zavod hududiga marsh yurib kelgan. Norozilik karvoni ishtirokchilari “Ket!” deb hayqirib turgan.

Belarusda 9-avgustdan beri prezident Aleksandr Lukashenkoga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda — u oltinchi prezidentlik muddatiga o‘z nomzodini qo‘ygan va, Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, saylovda yana g‘alaba qozongan.

Norozilik namoyishlari mamlakatning yirik sanoat korxonalari hududlarida ham bo‘lib o‘tmoqda (ish tashlashlar boshlangan). 16-avgust kuni poytaxt Minskda mamlakat tarixidagi eng yirik miting bo‘lib o‘tdi — ma’lumotlarga ko‘ra, unda 200 ming kishi qatnashgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют