» » Superliga. OKMK so‘nggi daqiqalardagi gollar evaziga “Lokomotiv” ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

Superliga. OKMK so‘nggi daqiqalardagi gollar evaziga “Lokomotiv” ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 10-turida OKMK va “Lokomotiv” jamoalari 17-avgust, dushanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida OKMK darvozaboni Suhrob Sultonov jarima maydoniga oshirib berilgan to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. Biroq, ikkinchi bo‘limda Mirjalol Qosimov shogirdlari uchta to‘p bilan javob qaytardi.

47-daqiqada Yovan Jokich hisobni tenglashtirdi. Barchasi durang tomon ketayotgan bir vaqtda 88-daqiqada Zafar Polvonov yaqin masofadan bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Jasur Umarov olmaliqliklarning qarshi hujumini muvaffaqiyatli yakunladi.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan keyin OKMK ochkolarini 24 taga yetkazib oldi va peshqadamga aylandi. Olmaliq klubi ushbu turda o‘z o‘yinini o‘tkazmagan “Paxtakor”ni ikki ochkoga ortda qoldirmoqda. “Lokomotiv” (12) esa 8-o‘rinda qoldi.

Coca-Cola Superliga

10-tur bahsi

17-avgust, dushanba

Gollar: 0:1 – 36, avtogol Sultonov, 1:1 – 47 Jokich, 2:1 – 88 Polvonov, 3:1 – 90+1 Umarov.

OKMK: Suhrob Sultonov, Akmal Shorahmedov (Shahzod Nurmatov, 84), Dilshod Jo‘rayev, Sardor Rahmonov, Saydullo Rahmatov, Yovan Jokich, Mirjamol Qosimov (Mirg‘iyos Sulaymonov, 84), Bahrom Abdurahimov (Sanjar Tursunov, 46 (Jasur Umarov, 90)), Arslonmurat Amanov (Murod Toshmatov, 74), Zafar Polvonov, Hojimat Erkinov.

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Kaxi Maxaradze, Vadim Afonin (Ibrohim G‘anixonov, 74), Marat Bikmayev,  Temurxo‘ja Abduxoliqov, Avazbek O‘lmasaliyev, Javohir Alijonov (Davron Umirov, 60), Shuhrat Muhammadiyev, Sherzod Fayziyev, Diyor Turopov, Farruh Ibrohimov.

Ogohlantirish: Qosimov (66).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют